Uyali aloqa operatori abonent to‘lovisiz «Barcha uchun ovozli pochta» taqdim etdi!

  •   DiMaX
  •  2547
  •  04.11.2020 15:52

Uyali aloqa operatori abonent to‘lovisiz «Barcha uchun ovozli pochta» taqdim etdi!

Biz avvalroq Mobiuz kompaniyasining ikkita – yangi aksiya xususidagi hamda bitta xizmatning arzonlashuvi haqidagi xabarlarini e’lon qilgan edik. 27 oktyabr kuni esa mazkur operator o‘z abonentlari uchun yangi xizmat va 100 foizgacha chegirma e’lon qilgan.

O‘QING: Shavkat Mirziyoyev farmoniga ko‘ra, ikkita uyali aloqa operatori xususiylashtiriladi

Ushbu uyali aloqa operatori bugun – 4 noyabrdan o‘zining barcha abonentlarida «Barcha uchun ovozli pochta» xizmatidan foydalanish imkoniyati mavjudligini ma’lum qildi.

Ushbu xizmat yordamida Siz chaqirilayotgan abonent javob bermasa, band bo‘lsa, xizmat doirasidan tashqarida bo‘lsa yoki abonent telefoni o‘chirilgan bo‘lsa, unga ovozli xabar qoldirishingiz mumkin.

Yoqimli jihati – «Barcha uchun ovozli pochta» xizmati abonent to‘lovisiz tadqim etiladi. Unda xabarni tinglash va shaxsiy salomlashishni yozib olish ham narxlanmaydi.

Bitta ovozli xabarni yozib olishning narxi esa 240 so‘mni tashkil etadi. Ushbu xizmat taqdim etilishining barcha shartlari bilan tanishish uchun mana bu havola yordamida operator saytiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Atigi 10000 so‘mlik tarif rejasida endi 3,5 GB internet, 700 daqiqa va 200 SMS beriladi!