Uyali aloqa operatori yana bitta arzon tarifini yopyapti

  •   DiMaX
  •  5141
  •  13.10.2020 15:36

Uyali aloqa operatori yana bitta arzon tarifini yopyapti

Beeline mobil aloqa operatori shu oyning boshida ommabop tarifini, 12 oktyabrdan esa cheksiz internetli to‘plamlarini bekor qilgan edi. Endi esa bu kompaniya yana bitta tarif rejasini yopayotganini e’lon qildi.

O‘QING: Kunlik va oylik maxsus internet-to‘plamlar chiqdi!

Bilayn rasmiy xabariga ko‘ra, joriy yilning 16 oktyabridan «Bayramga marhamat» tarif rejasiga yangi ulanishlar ham, boshqa tariflardan o‘tish ham to‘xtatiladi. Aytish kerakki, bu tarifda oylik abonent to‘lovi 9 900 so‘mga teng bo‘lib, faqat ushbu tarif rejasidagina amal qiluvchi maxsus to‘plamlar ham ajratilgan.

Shu bilan birga, «Bayramga marhamat» tarifidagi abonentlarga xizmat ko‘rsatish amaldagi shartlarga asosan davom etadi, deyiladi xabarda. Demak, Beeline abonentlari mazkur tarif shartlari bilan ushbu havola orqali tanishib chiqib, agar ma’qul kelsa, yopilmasidan oldin – 16 oktyabrgacha unga o‘tib olishlari mumkin.

O‘QING: Pulingiz qaytarib ham beriladigan «Kunlik» tarif rejasini qarshi oling!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!