Uyali aloqa operatoridan «YaNGI YIL OLDI ChEGIRMALARI» aksiyasi!

  •   DiMaX
  •  3077
  •  22.12.2020 09:07

Uyali aloqa operatoridan «YaNGI YIL OLDI ChEGIRMALARI» aksiyasi!

Orziqib kutilgan bayram arafasida ajoyib kayfiyat, yorqin his-tuyg‘ular va eng muhimi – sovg‘alar ulashish davri barchamizga ko‘tarinki ruh bag‘ishlaydi. UZTELECOM milliy operatori ham barcha mobil aloqa abonentlari uchun tahsinga sazovor – yorqin, manfaatli, foydali yangi yil sovg‘asini ulashmoqda.

O‘QING: Yangi yil arafasida «IKKI KARRA INTERNET» oling!

2020 yilning 21 dekabridan 2021 yilning 21 yanvarigacha «O‘zbektelekom» har bir abonent uchun ajoyib «YaNGI YIL OLDI ChEGIRMALARI» aksiyasini taqdim etadi! Bir oy davomida siz pullik toifadagi «chiroyli» raqamlarni ramziy chegirmali narxlarda 1021 so‘mdan 4021 so‘mgacha sotib olishingiz mumkin!

Aksiyada O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etishlari mumkin.

Shuni ta’kidlash joizki, «Ijaraga raqam» xizmati ushbu aksiyadan mustasno.

«YaNGI YIL OLDI ChEGIRMALARI» aksiyasi bo‘yicha «Chiroyli raqamlar»ni kompaniyaning sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida, hamda dilerlik savdo nuqtalarida ham sotib olish mumkin.

Aksiya yuzasidan batafsil ma’lumot bilan mazkur havola orqali tanishib chiqish mumkin.

O‘QING: UZTELECOM internetni naq ikki barobarga arzonlashtirmoqda!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!