Uyali aloqa operatoriga yangi rahbar tayinlandi

  •   DiMaX
  •  542
  •  09.03.2021 13:54

Uyali aloqa operatoriga yangi rahbar tayinlandi

VEON kompaniyalar guruhi (O‘zbekistondagi Beeline brendi) rahbari 2020 yilning 27 oktyabr kuni Unitel MChJ Bosh direktori Sergey Afonin kompaniyani tark etayotganini ma’lum qilgan edi.  Rasman bunga «oilaviy sharoitlar» va «global pandemiya paytida sayohatlarga bo‘lgan cheklovlar» sabab bo‘lganligi aytilgan esa-da, ekspertlar buning haqiqiy sababi boshqa, deyishgan.

O‘QING: Beeline abonentlari uchun ajoyib yangilik!

VEON kompaniyalari guruhi Artashes Davtyan 2021 yil 15 martdan Beeline Uzbekistan bosh direktori (CEO) etib tayinlanganini e’lon qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lumot berdi, deb yozadi Xabar.uz nashri.

Artashes Davtyan ushbu tayinlovga qadar «Yandeks.Lavka»da CTM yo‘nalishini boshqargan, shuningdek, Gillette, PepsiCo va Mars'da ishlagan.

O‘QING: Operatordan har oyda 1 gigabayt bonus olishni istaysizmi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.