Uyali aloqa xizmatida qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

Uyali aloqa xizmatida qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

Sputniknews-uz.com‘ning yozishicha, davlat xizmatlari yagona portalida aholi orasida muhokama qilish uchun joylashtirilgan Uyali loqa xizmati ko‘rsatish haqidagi qonun sohada xavfsizlik choralarini oshirish, dilerlar faoliyatini tartibga solish va abonent huquqlari himoyasini kuchaytirishga qaratilgan.

Bugungi kunda ayrim dilerlar bitta pasportga ko‘plab sim-kartalar rasmiylashtirmoqda. Ayrim hollarda sim kartalar pasport nusxasi orqali ham rasmiylashtirilmoqda. Dilerlar ba’zan mijozni yo‘qotmaslik uchun, sim-kartani o‘z pasportlariga ham rasmiylashtirib sotmoqda. Aslida bularning hammasi – qonunga xilof.

Yangi qabul qilinayotgan qonunga ko‘ra, dilerlar bir pasportga eng ko‘pi 5ta nomer rasmiylashtirish imkoniga ega bo‘ladi. O‘z pasportiga beshtadan ko‘p nomer olmoqchi bo‘lgan xaridorlar faqat operatorga murojaat qilishlari mumkin.

“Shuningdek, uyali aloqa xizmatlarining yangi qoidalarda abonentlar faoliyatidagi cheklovlar  ham aniq ko‘rsatilgan. Xususan, abonentlar operator xizmatlaridan faqat shaxsiy maqsadlarda yoki ish yuzasidan foydalanishini mumkin, ommaviy sms yoki spam xabarlari junatish yoki GSM IP shlyuzlar orqali xalqaro internet traffikini o‘tkazishini ta’qiqlash ham ko‘zda tutilgan”, — deydi ekspert.

Qonundagi yana bir yangilik bu uyali aloqa operatorlari tomonidan dilerlar faoliyatini tartibga solish. Bundan buyon operatorlar sahifalarida barcha diler punktlari ro‘yxati va ularning manzili ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Bu dilerlar faoliyatini yaxshiroq nazorat qilish imkonini beradi.

Yangi hujjatda aloqa operatorilarga mavjud bo‘lgan tarmoqlarida doimiy ravishda aloqa sifatini yaxshilash majburiyati ham belgilangan. Undan tashqari operatorlar abonentlarga tarifda ko‘rsatilgan bepul yoki imtiyozli vaqt va xizmatlar tugagani haqida xabar berishi shart.

Agar operator abonentdan oldin xabar berilmagan xizmatlar uchun to‘lov olsa, bu – hali ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun olingan to‘lovga, ya’ni avans to‘loviga tenglashtiriladi. Ushbu qonun operatorlar tomonidan abonentlarga ortiqcha xizmatlar bog‘lash imkonini cheklaydi.

Abonentlar uchun yana bir yaxshi yangilik, bundan buyon operatorlar mijozlardan tushgan arzlarni bir oy emas — 15 kun ichida ko‘rib chiqishlari kerak bo‘ladi.

Qonun loyihasi O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan. Qonun ushbu yilning 19 iyulga qadar Yagona davlat xizmatlar portalida muhokama qilinmoqda. Har bir fuqaro ushbu  qonun yuzasidan o‘z fikrini bildirishi va muhokama uchun taklif kiritishi mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!