Uyali operator ommabop xizmatining narxini oshiryapti

  •   DiMaX
  •  1059
  •  12.06.2021 10:14

Uyali operator ommabop xizmatining narxini oshiryapti

Xabaringiz borki, Beeline operatorining «OSON 10» tarifida MB, daqiqa va SMS’lar atigi 10 so‘mdan narxlanadi. Shuningdek, yaqinda u bir megabayti atigi 1 so‘m 47 tiyinlik yangi internet-to‘plamni ham chiqargan. Kuni kecha esa...

O‘QING: «PLUS» to‘plamlari: qo‘shimcha daqiqalar, megabaytlar va SMS’lar oling!

Yaqinda UZREPORT TV telekanali mazkur kompaniya ustidan ariza bilan sudga murojaat qilgan edi. Operator esa mazkur sudlashuvga sabab bo‘lgan xizmatida abonentlar uchun narxlar oshayotgani haqida xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2021 yil 22 iyundan boshlab Beeline TV xizmatidagi obunalarning narxlari quyidagicha bo‘ladi:

  • «Milliy» (kunlik obuna) – 799 so‘m/kuniga;
  • «Ommabop telekanallar» (kunlik obuna) – 799 so‘m/kuniga va «Ommabop telekanallar» (30 kunlik obuna) – 11 999 so‘m/oyiga;
  • «IVI» (30 kunlik obuna) – 11 999 so‘m/oyiga;
  • «Megogo» (30 kunlik obuna) – 11 999 so‘m/oyiga.

O‘QING: 24/7 onlayn bo‘lishni istaganlar uchun ajoyib yangilik!

Kompaniya saytidagi Beeline TV xizmati sahifasiga qarasak, obunalarning hozirgi narxlari bundan birmuncha arzon ekanligini ko‘ramiz:

Beeline TV xizmatining Foydalanish shartlari va bu borada Ko‘p so‘raladigan savollar bilan operator saytida tanishib chiqishingiz mumkin.

O‘QING: «Juma Muborak»: operatordan har hafta yangi bonus, aksiya va noyob chegirmalar!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!