Uyg‘otish o‘rniga «uxlatadi»: eng xavfli budilnik-ilovalar («Roskachestvo»ning to‘rtta reytingi)

  •   DiMaX
  •  343
  •  24.06.2021 16:44

Uyg‘otish o‘rniga «uxlatadi»: eng xavfli budilnik-ilovalar («Roskachestvo»ning to‘rtta reytingi)

Rossiya Federatsiyasining sifat nazoratiga ixtisoslashgan «Roskachestvo» tashkiloti eng qudratli flagmanni, yana eng kuchli hamyonbop smartfonlarni, kamerasi, akkumulyatori, o‘yin imkoniyatlari eng yaxshi, shuningdek, katta ekranli eng maqbul o‘rta narxli modellarni aytgan edi. Endi esa u smartfonlar uchun budilnik vazifasini bajaruvchi ilovalarni o‘rganib chiqib, natijalarini e’lon qildi.

O‘QING: Buni bilasizmi: sizni gadjetingiz orqali eshitishyapti

Mutaxassislar ushbu turkumdagi jami yetmishta ilovani ekspertizadan o‘tkazib ko‘rishgan va ulardan eng xavfsizi – Google’ning o‘z mahsuloti bo‘lmish «Soat» ilovasi (o‘rnatib olish) ekanini ma’lum qilishgan.

Qolgan budilnik-ilovalarning esa turli yashirin funksiyalarini aniqlab, tegishli parametrlarga ko‘ra eng xavflilarini muayyan reytinglar shaklida ko‘rsatishgan.

Anglaganingizdek, yuqoridagi budilnik dasturlari Wi-Fi tarmog‘iga ruxsat so‘raydi. Ko‘pchilik o‘z smartfoniga biror ilovani o‘rnatayotib, odatda foydalanuvchi bitimini o‘qib o‘tirmasdan, tasdiqlab yuboraveradi. Ro‘yxatdagi budilniklar esa Wi-Fi orqali nimalar qilishini siz bilmaysiz.

O‘QING: Uyingizda Wi-Fi tezligi pastmi? Ekspertlar aybdorlarni topishdi!

Quyidagi budilnik-ilovalar esa smartfoningizdagi kontaktlaringiz ro‘yxatini, ularning telefon raqamlarini ko‘ra oladi:

Vazifasi shunchaki sizni uyg‘otish yoki biror nimani eslatish bo‘lgan dastur kontaktlaringizni ham kavlashtirishi – kamida g‘alati holat.

O‘QING: Telegram’da notanish kontaktlar paydo bo‘lyaptimi? Bartaraf etamiz!

Mutaxassislar qurilmalarning mikrofoni va kamerasidan o‘g‘rincha foydalanuvchi, kontaktlar va qo‘ng‘iroqlar tarixini ko‘ruvchi ilovalarni josuslar sirasiga kiritishadi. Budilniklar orasidagi josuslar esa navbatdagi reytingda berilgan:

«Roskachestvo» ekspertlari aniqlashicha, budilniklarning 98 foizida reklama mavjud, lekin ulardan chorak qismidagina qo‘shimcha to‘lov evaziga reklamani o‘chirib qo‘yish funksiyasi bor. Ekranga to‘liq chiqib oluvchi va tasodifan bosib yuborilganida zararli saytga o‘tish xavfini tug‘diruvchi budilniklar esa quyidagilardir:

Xo‘sh, yuqoridagi reytinglarda keltirilgan budilniklardan birortasi sizning smartfoningizda bor ekanmi? Tezda uni o‘chirib qutulishni tavsiya etamiz.

O‘QING: Smartfonlar ekrani o‘rtasida chiqib qoladigan begona reklamalarni o‘chirish usuli

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!