Uyingizda hatto 5G baza stansiyasidan ham ko‘proq nurlanish taratuvchi jihozlar bor!

  •   DiMaX
  •  691
  •  28.06.2021 11:17

Uyingizda hatto 5G baza stansiyasidan ham ko‘proq nurlanish taratuvchi jihozlar bor!

Tobora rivojlanib borayotgan 5G texnologiyasining joriy etilishiga qarshi bo‘lganlar ham ko‘p , hattoki koronavirus infeksiyasining tarqalishida ham 5G tarmog‘ini ayblovchilar bor. Biroq uning xavfi borasidagi tajriba kutilmagan natijani ko‘rsatgan. Shunga qaramasdan...

O‘QING: «Koronavirusga ham 5G aybdor!» – kishilar aloqa antennalarini yoqib, operator xodimlariga hujum qilishyapti

Beshinchi avlod uyali aloqani ta’minlovchi baza stansiyalari (minoralari) o‘zidan yuqori darajali nurlanish taratishi borasida Xitoy aholisi ham vahimaga tushgan. Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi bergan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, bu mamlakatda hozir faol bo‘lgan 5G-smartfonlar soni 335 milliondan oshgan. Ularga xizmat ko‘rsatuvchi 5G baza stansiyalari soni esa 850 000 taga yetib qolgan, ya’ni, Xitoy hozir dunyodagi eng yirik 5G tarmog‘iga ega.

Vahimalarga javoban China Telecom bergan rasmiy bayonotga ko‘ra, mazkur tarmoqda tezlikning oshuvi baza stansiyasining uzatish quvvati ko‘tarilishi evaziga amalga oshirilmaydi. Shu sababli, ulardan taralayotgan nurlanish bir kvadrat santimetrga 40 mikrovattga ham yetmaydi. Bu esa nihoyatda past ko‘rsatkich bo‘lib, hattoki soch quritadigan fen va induksion plitalar (tok pechkalar) ham baza stansiyasidan ko‘ra ko‘proq nurlanish chiqaradi.

Xitoy muhandislik akademiyasi akademigi Vu Xesyuan yaqinda bo‘lib o‘tgan China Unicom 5G Dialogue forumida ta’kidlashicha, baza stansiyasigacha bo‘lgan masofani o‘lchashga ham hojat yo‘q. Ularda elektromagnit to‘lqinlari asosan gorizontal yo‘nalishda tarqaladi va hattoki 4G baza stansiyalaridan ko‘ra kamroq radius va pastroq quvvatga ega, degan mutaxassis.

O‘QING: Mana, 5G tarmoqlarining birinchi va haqiqiy xavfi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!