Uyingizda oq-qora suratlar bormi? Ularga bir zumda rang beramiz!

  •   DiMaX
  •  4825
  •  05.05.2020 18:27

Uyingizda oq-qora suratlar bormi? Ularga bir zumda rang beramiz!

Hozirda faqatgina monoxrom suratga oluvchi kameralar deyarli qolmagan, faqat professional suratkashlar uchun taqdim etilganlarini aytmasa. Lekin oq-qora rasmlar har birimizning oilaviy arxivimizda bo‘lsa kerak.

O‘QING: Leica bitta avtomobil narxida... oq-qora kamera taqdim etdi!

Hi-Tech Mail.ru nashri shunday ko‘hna rasmlarga «ikkinchi hayot baxsh etuvchi» – ularni rangli qilib beruvchi onlayn servislarni sinab ko‘rib, natijalarini taqdim etgan. Bular quyidagi saytlardir:

color.artlebedev.ru

algorithmia.com

9may.mail.ru

colorize.cc

Ushbu servislarning ishlash tamoyili bir xil: istalgan eski rasmni smartfoningizda suratga olib (yoki skaner yordamida raqamli shaklga o‘tkazib), keyin uning faylini yuklaysiz. Saytlar esa «sun’iy idrok» texnologiyalari asosida uni rangli qilib beradi.

O‘QING: SENSATsIYa: Pentagon haqiqiy NUJlar aks etgan uchta videoyozuvni rasman oshkor qildi!

Ma’lum bo‘lishicha, Colorize hamda Algorithmia servislari yakuniy fotosuratga o‘z nomini «suvli belgi» tarzida tushiradi, qolganlari esa toza rasmning o‘zini chiqarib beradi. Mana, natijalarni o‘zingiz taqqoslang:

Ko‘rib turganingizdek, servislar oq-qora rasmlarni deyarli bir xil darajada rangli qilib beradi. Ular orasida 9may.mail.ru hamda colorize taqdim etgan suratlarda ayolning yuziga bir tekis rang berilganini ta’kidlash mumkin.

O‘QING: Bir haftadayoq ommalashgan yangi ilovani siz ham sinab ko‘ring!

Ikkinchi tajribada esa bu servislar detallari juda ko‘p bo‘lgan va inson aks etmagan rasmni qanchalik «jonlantirishi» tekshirib ko‘rilgan. Natijalarni solishtirib ko‘ramiz:

Agar siz ham qadimiy suratlarning rangli variantini yaratib qo‘ymoqchi bo‘lsangiz, yaxshisi, yuqoridagi servislarning har birida qilib ko‘rganingiz ma’qul – oxirida qay birida natija yaxshi chiqsa, o‘shani saqlab qo‘yaverasiz.

O‘QING: Mug Life – har qanday suratni «jonlantirib» yuboruvchi ilova!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!