“.UZ” milliy domeni hududida 65 000 tadan ortiq domen nomlari faoliyat ko‘rsatmoqda

“.UZ” milliy domeni hududida 65 000 tadan ortiq domen nomlari faoliyat ko‘rsatmoqda

Joriy yilda “.UZ” milliy domeni hududida 24.1 % o‘sish sur’ati kuzatilgan va 23 482 tadan ko‘proq yangi domenlar ro‘yxatga olingan. Shuningdek, ulardan o‘chirilgan domenlar soni – 10959 tani tashkil etadi. Yakunlanayotgan yilda “.UZ” domeni hududida faoliyatda bo‘lgan domenlarning umumiy soni – 65 000 tadan ortiq domen nomlarini tashkil etadi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, 2018 yilda  “UZINFOCOM  yagona integratori”  MChJning Ro‘yxatga oluvchi sifatida domen nomlarini ro‘yxatga olish bo‘yicha faoliyatini to‘xtatdi. Ushbu qaror  “UZINFOCOM  yagona integratori” MChJning .UZ domenida ro‘yxatga oluvchilar va Ma’muriyat o‘rtasidagi aniq taqsimlangan funksiyaga rioya etilishi, ro‘yxatga oluvchilarning raqobatbardosh tarmog‘ini rivojlantirish, domen nomlarini ro‘yxatga olish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xizmatlarni markazlashmagan tizimga o‘tkazish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, raqobat muhitini ta’minlash, domen nomlarini ro‘yxatga olish bozorida ko‘rsatilayotgan xizmatlarning soni va sifatini oshirish hamda .UZ hududi asosiy reyestrini texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlashga ko‘mak berishini ta’minlashi aytilmoqda.

O‘QING: «Uzinfocom» domenlarni ro‘yxatga olish faoliyatini to‘xtatdi