O‘zbek dasturchilari ingliz tilini o‘rgatadigan o‘yin-dastur yaratdi

O‘zbek dasturchilari ingliz tilini o‘rgatadigan o‘yin-dastur yaratdi

Ko‘ngilochar 3D o‘yin faqat ingliz tilini o‘rgatibgina qolmaydi, bo‘sh vaqtda o‘ynab zavq olish mumkin.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xodimlari ingliz tili leksikasini o‘rganishda qo‘l keladigan “To’pni nazorat qil” o‘yinini ishlab chiqishdi. Dasturchilar aytishiga ko‘ra, to‘pni akselerometr yordamida harakatlantiriladi, xaritaga o‘zgarish kiritiladi, to‘p tezligini o‘zgartirish va xaritaga turli taraflardan qarash mumkin.

Chet tillarini o‘yinlar vositasida o‘rganish allaqachondan beri qo‘llanadi va samaradorligi isbotlangan. O‘yinda diqqatni uzoq muddat bir nuqtaga to‘plash til o‘rganish jarayonida rol o‘ynaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!