O‘zbek mobil dasturlari

O‘zbek mobil dasturlari

Hozirgi kunda Android OS da ishlaydigan ko‘plab qulay va foydali dasturlar ishlab chiqarilmoqda. Bularga misol qilib Tashkent Air, Milliy Taomlar, iTorg va boshqalarni aytishimiz mumkin. Birgina Tashkent Air dasturini oladigan bo‘lsan u orqali siz Toshkent ayeroportining xalqaro va mahalliy reyslari haqida foydali ma’lumotlarni bilib olishingiz mumkin. Bundan tashqari dasturda tablo mavjud u ayni paytdagi uchib kelish va ketish bo‘yicha axborotni ifodalaydi. Shuningdek, u aviakassalar, sayohat agentliklari, taksi buyurtmasi bo‘yicha zarur ma’lumotni o‘z ichiga oladi. Ushbu dasturda kerakli tashkilot raqamini dasturning o‘zida ko‘rsatilgan telefon belgichasini bosish orqali terish mumkin. Dasturni uchta til mavjud bular: o‘zbek, rus va ingliz tillaridir.

Tashkent Air

unnamed

Ishlab chiquvchi: Global Solutions Ltd
Hajmi: 1,47 Mb
Yuklab olish: Google Play

Ushbu dasturlarda ba’zi bir imloviy xatolar va turli xil reklamalar mavjud.

Milliy taomlar

unnamed-1

Ishlab chiquvchi: OzLab
Hajmi: 19,89 Mb
Yuklab olish: Google Play

Dasturda hamma narsa sodda va tushunarli berilgan. Sevimli o‘zbek taomlari retseptidan iborat katalogga kabobdan shirinlikkacha bo‘lgan yeguliklar kiritilgan. Mavzular bo‘yicha bo‘limlar bo‘lib, har bir retsept sifatli suratlar bilan berilgan.

iTorg

713-300x300

Ishlab chiquvchi: SEARCH ENGINES BUSINESS
Hajmi: 1,63 Mb
Yuklab olish: Google Play

Dastur nomi O‘zbekistondagi eng ommabop elektron savdo maydoni Torg.uz bilan o‘xshash bo‘lsa-da, unga hech qanday aloqasi yo‘q.

iTorg – mobil savdo maydoni bo‘lib, u yerda har qanday mahsulot yoki xizmat turini sotish va sotib olish haqida e’lon joylashtirish mumkin. Dasturning birinchi sahifasida turli kompaniyalar reklama bannerlari joylashtirilgan.

Ye’lonlar anchagina batafsil toifalarga bo‘lingan. Dastur dizayni ham yoqimli.

Manba: Soft.zn.uz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!