O‘zbekiston mobil aloqa operatorlari abonentlar so‘zlashuvlarini kuzatmaydi

O‘zbekiston mobil aloqa operatorlari abonentlar so‘zlashuvlarini kuzatmaydi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan mobil aloqa operatorlariga Rossiyada qabul qilingan talablarga (Paket Yarovoy) o‘xshash bo‘lgan yangi talablarni joriy etish ko‘zda tutilmayapti. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Xalqaro Press-klub anjumanida ma’lum qildi.

"Yarovoy paketi" talablariga ko‘ra, Rossiyada mobil aloqa operatorlarga va ma’lumotlarni tarqatuvchi tashkilotlarga yarim yil davomida foydalanuvchilarning xabarlarini saqlash, shuningdek 3 yil va bir yil mobaynida qo‘ng‘iroqlar va yozishmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlash va davlat organlarga taqdim etish vazifalari yuklatilgan.

"Hozircha bunday rejalar yo‘q, shu bois ortiqcha vahimaga hojat yo‘q", — deb javob berdi vazir Shermatov.

Eslatib o‘tamiz, shu yilda O‘zbekistonda mobil aloqa mijozlar soni 21,5 mln kishidan ortdi. Hozirgi vaqtda mobil aloqa bozorida GSM standartida ishlaydigan 4 ta — Beeline, Ucell, UMS i Uzmobile operatorlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Beeline eng ko‘p mijozlarga ega bo‘lib, 2016 yil yakunida 9,5 mln kishidan ortiq mijozlari bor.

Kelgusi besh yil ichida milliy mobil aloqa operatori Uzmobile o‘zining mijozlar sonini 11 mln kishiga yetkazish rejalashtirilgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!