O‘zbekistonda eSavdo.uz dasturi patentlandi

O‘zbekistonda eSavdo.uz dasturi patentlandi

O‘zbekiston intellektual mulk agentligi xabar berishiga ko‘ra, mazkur dasturiy ta’minot internet tarmog‘i orqali mahsulot xarid qilish va xizmatlar to‘lovini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan. Veb-ilova elektron tijoratda ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimidan foydalanib yaratilgan. Tizimda bank plastik kartalari vositasida himoyalangan aloqa kanallari orqali to‘lash mexanizmlari mavjud. Internet-do‘konda amalga oshirilgan to‘lov haqida mijozga SMS va e-mail orqali bildirishnoma yuboriladi.

Hammualliflar R.M.Axtamov, E.T.Usmonov va Ravshanbek Rustam o‘g‘li № DGU 03328 raqamli guvohnoma olishdi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!