O‘zbekistonda UZONLINE abonentlarining bir qismi internetga ulana olishmadi

O‘zbekistonda UZONLINE abonentlarining bir qismi internetga ulana olishmadi

O‘zbekistonning turli hududlarida UZONLINE abonentlari internetga ulanishda muammolarga duch keldilar. Ayrim abonentlarda saytlarning yuklanishi qiyinlashgan yoki internet bir necha soat davomida ishlamay qolgan.

Kompaniyaning mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 14 mart kuni butun respublika bo‘ylab profilaktika ishlari o‘tkazilgan. Shu bois, ayrim abonentlarda internet tezligi pasayishi kuzatildi. Profilaktika ishlari esa kun yakuniga kelib tugatildi.

O‘zbekistonda internet tezligi keskin tushib ketish sabablari ma’lum qilindi

Manba: Kun.uz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.