“O‘zbekistondagi mobil qurilmalarga yiliga 50 mingtagacha zararli ilova xuruj qiladi”

“O‘zbekistondagi mobil qurilmalarga yiliga 50 mingtagacha zararli ilova xuruj qiladi”

O‘zbekistonda kiber xurujga uchrayotganlarning 1,6 foiziga bank-troyanlari zarar yetkazmoqda. Kiber virus xurujiga uchraganlar orasidan bank-troyanlarining qurboniga aylangan foydalanuvchilar ulushi bo‘yicha O‘zbekiston jahondagi eng yuqori ko‘rsatkichga ega 10 ta mamlakat qatorida 10 o‘rinni egallagan. Bu bo‘yicha eng ko‘p zarar ko‘rayotgan mamlakatlar uchligiga Rossiya, Germaniya va Qozog‘iston kiritilgan.

Bu haqida Kasperskiy laboratoriyasi o‘zining 2015 yilga oid hisobotida e’lon qilgan. Shuningdek, 2015 yilda Tweet ilovasini yuklab olishni taklif qilgan 2.96 million zararli mobil ilovalar paketlari aniqlanib, zararsizlantirilgan.

RansomWare buzg‘unchi dasturlar hujumi ham 2015 yilda 3.5 marotabaga oshgan. Har soniyada bu hujumlardan 12 kishi zarar ko‘rmoqda. Bir yilda 380 million kishi kiber o‘g‘riliklarning qurboniga aylanmoqda. 2012 yilda kiber hujumlardan jabrlanganlarning har biri o‘rta hisobda 140 AQSh dollari yo‘qotishgan bo‘lishsa, hozirgi vaqtda bu ko‘rsatkich 300 AQSh dollarini tashkil qiladi.

2014 yilga nisbatan mobil qurilmalarga uyushtirilgan hujumlar 2015 yilda 5 barobar ko‘paygan.

Mobil qurilmalar xavf-xatari geografiyasiga muvofiq, O‘zbekistondagi mobil qurilmalarga yilida 1000 tadan 50 mingtagacha zararli virusga ega ilovalar zarar yetkazadi.

Jahonning 200 davlatida aniqlangan zararli virusga ega ilovalar geografiyasi: 

Жаҳоннинг 200 давлатида аниқланган зарарли вирусга эга иловалар сони

 

Ayniqsa, 2015 yilda Google Play Store internet do‘konida tarqatilgan zararli kiber virusli ilovalar soni 500 mingtagacha ko‘payib ketgan. iOS platformasiga mo‘ljallangan zararli viruslar tashuvchi dasturlar soni 2014 yilga nisbatan 2.1 barobarga oshgan.

App Store ilovalar do‘koniga uyushtirilgan kiber hujum iOS operatsion platformasining virusli ilovalardan himoyalanishga ojiz ekanligini ko‘rsatdi.

2004-2013 yillarda 200 mingta mobil qurilmalarga mo‘ljallangan zararli kodlar aniqlangan bo‘lsa, birgina 2014 yilning o‘zida ularning soni 300 mingga yaqinlashgan va 2015 yilda 884 774 yilda planshet va smartfonlarni ishdan chiqaruvchi kodlar tarqatilgan.

2015 yilning yanvaridan dekabr oyiga qadar “Kasperskiy laboratoriyasi” 2.634.967 nafar Android qurilmalari foydalanuvchilariga xavf tug‘dirgan 17 millionta virus tashuvchi ilovani yo‘q qilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!