«O‘zbektelekom» GSM va CDMA abonentlari uchun munosib tuhfa hadya etdi!

«O‘zbektelekom» GSM va CDMA abonentlari uchun munosib tuhfa hadya etdi!

Joriy yilning 1 aprel kuni UZMOBILE savdo belgisi o‘z abonentlarini katta yangilik bilan xursand qildi. Bundan buyon kompaniya UZMOBILE GSM va CDMA tarmoqlari o‘rtasidagi aloqani tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar, deya hisoblanishini ma’lum qilgan.

Ya’ni, GSM  tarmog‘i abonentlarining CDMA  tarmog‘i raqamlariga, hamda uning aksi – CDMA  tarmog‘i abonentlarining GSM  tarmog‘i raqamlariga qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishi tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish narxida hisoblanadi.

Shuningdek, press-xabarda qayd etilishicha, «O‘zbektelekom» AK – O‘zbekiston Respublikasi hududlarini o‘z tarmoqlari bilan qamrab olgan yirik telekommunikatsiyalar operatoridir. Kompaniya mutloq va mobil aloqa operatorlari hamda provayderlariga kanallarni ijaraga berish xizmatlari, xalqaro va shaharlararo aloqa xizmatlari, ovozli aloqa va ma’lumotlar uzatish xizmatining barcha turlari xizmatlarini, Internet tarmog‘idan foydalanish, videokonferensaloqa xizmatlarini, CDMA -450 va GSM standartidagi mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatadi.

Kompaniyaning bozordagi xizmatlari to‘rtta — UZTELESOM™, UZMOBILE™, UZONLINE™ va TELESOM TV™ savdo belgilari ostida ko‘rsatiladi. Kompaniya tarkibida 22 ta filial faoliyat olib boradi, ulardan 14 tasi mintaqaviy, 8 ta ixtisoslashtirilgan va 3 tasi sho‘’ba korxonalaridir. Kompaniya xodimlarining soni 14 000 dan oshiq.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!