Uzcard nazorat paketining asosiy qismi Oybek Tursunovga o‘tdi
«Yagona umumrespublika protsessing markazi» MChJning (Uzcard brendi) ta’sischilari tarkibida o‘zgarish bo‘ldi. Bu bo‘yicha ma’lumot Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi tadbirkorlik subektlari haqidagi ma’lumotlar bo‘limida berilgan, deb yozadi Sof.uz.
O‘QING: Yo‘qolgan yo o‘g‘irlangan plastik kartangizni qanday bloklab qo‘yishni bilasizmi?
Portalda Uzcard’ning ustav fondidagi 75 foiz ulush Tursunov Oybek Botirovichga tegishli ekanligi ko‘rsatilgan.
Oldinroq 75 foiz ulush Uzcard direktori Maxmudov Axror Abrorovichga tegishli edi. Qolgan 25 foiz ulush esa MChJning o‘ziga tegishli.
O‘QING: O‘zbekistonda elektron pullardan foydalanish tartibi belgilandi