«UzCard»ga yangi rahbar tayinlandi

  •   DiMaX
  •  634
  •  25.11.2020 17:23

«UzCard»ga yangi rahbar tayinlandi

Yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ochiq ma’lumotlar portalida keltirilishicha, «Yagona umumrespublika protsessing markazi» MChJ («UzCard») Bosh direktori lavozimiga Farrux G‘olibsherovich Ziyayev tayinlangan. U shu kungacha jamiyat direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. Bu haqda bankers.uz kanali xabar berdi.

O‘QING: Humo va Uzcard o‘zaro integratsiyalanadi, ammo birlashtirilmaydi

Qayd etilishicha, F.Ziyayev ko‘pchilik uchun tanish bo‘lgan «Payme» to‘lov tizimi asoschilaridan biri hisoblanib, shuningdek mazkur to‘lov tizimi qarashli bo‘lgan kompaniya — «Inspired» MChJning 7,5 foizlik ulushiga ham egalik qiladi.

«UzCard»ning joriy yil avgust oyi yakunida tayinlangan direktori D.Ikramovning qaysi ishga o‘tganligi, xususan jamiyat rahbariyati tarkibida qolgan yoki qolmaganligi to‘g‘risida ma’lumot berilmagan.

O‘QING: Deputat plastik kartochkadagi pulni naqdlashtirishdagi 1 foizlik to‘lov masalasini ko‘tardi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.