UzIMEI tizimini so'kishdan o'zini tiygan xorijlik dasturchi hikoyasi

UzIMEI tizimini so'kishdan o'zini tiygan xorijlik dasturchi hikoyasi

"Keling men sizlarga O'zbekistonda qanday qilib IMEIni ro'yxatdan o'tkazganimni aytib beraman." deya so'z boshlaydi rossiyalik dasturchi Yevgeniy Amiraslanov o'zining Telegram blogida.

"Bilmaydiganlar uchun: O'zbekistonda IMEI ro'yxatga olish tizimi mavjud (https://uzimei.uz) - chet eldan telefon olib kirsangiz 5 dollar to'lashingiz kerak, aks holda bir oydan keyin telefoningiz qovoqqa aylanib qoladi va unda qo'ng'iroq qilish, mobil Internet va SMS'dan foydalana olmaysiz. Aytilishicha, bu telefonlarning qora bozoriga qarshi kurashish - o'g'irlangan, soxta tovarlarni kamroq olib kelinishi uchun qilingan.

O'zbekistonliklar uchun hamma narsa imkon qadar oson va shaffof tarzda amalga oshiriladi: mamlakatga kelasiz, maxsus USSD kodni kiritasiz, ma’lumotlaringizni yuborasiz, to‘lovni to‘laysiz, voila, siz telefonni ro‘yxatdan o‘tkazdingiz, undan foydalanishingiz mumkin. Va bularning barchasi divandan turmasdan qilinadi. Bu sayyohlar uchun ham oson: O‘zbekistonda bir oydan kamroq vaqt qolsangiz, telefoningizga hech narsa bo‘lmaydi.

Men kabi uzoq muddatli tashrif buyuruvchilar uchun ishlar biroz murakkabroq. Siz divandan turishingiz, shaxsan biror joyga borib, shaxsan murojaat qilishingiz kerak.

UzIMEI veb-saytida buni istalgan pochta bo‘limida amalga oshirish mumkinligi aytilgan. Men uyimga eng yaqin bo'lgan pochta bo'limiga bordim, lekin ular menga ofislarida hech qanday registratsiya yo'qligini Pochtamtga borishim kerakligini aytishdi. "Yandex Xaritalari" ma'lumotlariga ko'ra, pochta bo'limi faqat ish kunlarida soat 9:00 dan 18:00 gacha ishlaydi, ya'ni mening ish vaqtimda. Men ish kunimning o'rtasidan bir necha soat bo'sh vaqt ajratishim, keyin ko'proq ishlashim kerak bo'ldi.

Pochtamtga ikki marta borishimga to'g'ri keldi. Birinchi marta borganimda, UzIMEI tizimidagi qandaydir nosozlik sabab buguncha arizalar qabul qilinmayotganligini afsus bilan ma'lum qilishdi. UzIMEIning bosh ofisiga borishim mumkinligini, lekin u yerda navbat uzunligi, yaxshisi, bir necha kundan keyin kelishimni aytishdi.

Ikkinchi marta kelganimda, Pochtamtning o'zida ro'yxatdan o'tish uchun uzun navbat bor edi. Qirq daqiqaga yaqin navbatda turdim va nihoyat ariza berdim. Aytgancha: O‘zbekistonda IMEIni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun sizga mahalliy SIM-karta kerak bo‘ladi. Yaxshiyamki, menda allaqachon o'zbek SIM-kartasi bor edi. Afsuski, uni ro'yxatdan o'tkazish paytida ma'lumotlarga xatolik kiritilgani sabab men IMEIni ro'yxatdan o'tkazolmadim. Ular menga mobil operatorimning ofisiga borishimni va pasport ma'lumotlarimni yangilab berishlarini so'rashimni aytishdi.

Men layfxakdan foydalandim: boshqa uyali aloqa operatorining ofisiga bordim va u yerda maʼlumotlarimning toʻgʻriligini ikki marta tekshirib, yangi SIM-karta oldim. Shundan so‘ng yana yigirma daqiqa navbatda turdim va nihoyat IMEIni ro‘yxatdan o‘tkazdim.

Taksida yurish va sarflangan asab tolalarimni hisobga olmaganda, hammasi uchun tahminan 5 dollar va uch soatlik ish vaqtim ketdi.

***

Men IMEIni bitta o'zim ro'yxatdan o'tkazmadim. O‘zbekistonga ikkita telefoni bilan kelgan do‘stim yonimda edi: biri shaxsiy, ikkinchisi ish uchun. Lekin O‘zbekistonga bir marta kirishda faqat bitta telefonni ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin ekan. Oxiri u shaxsiy telefonini ro'yxatdan o'tkazdi, ish telefoni esa "har ehtimolga qarshi" rejimida qoldi.

Bir payt telefonim buzilib qoldi va uni ta'mirlashga berishga majbur bo'ldim. "har ehtimolga qarshi"dan foydalanish vaqti keldi. Telefonimni ta'mirlatayotganimda, do'stim menga ishlatish uchun o'sha ish telefonini berdi. Unga hali SIM-karta o'rnatilmagan edi va u bloklanmagan bo'lishi; menda undan xorijdan olib kelingandek o‘ttiz kun davomida IMEIni ro‘yxatdan o‘tkazmasdan foydalanishim kerak edi.

U ishlamadi. Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston hududida o‘ttiz kundan so‘ng telefon ishlatilmasa ham bloklanadi – aftidan, bu SIM kartamni boshqa telefonda bir oydan ortiq ishlatganim uchun bo'lsa kerak.

***

Men bundan hech qanday xulosa chiqarmayman. So'zim oxirida esa, so'kishni juda xohladim, lekin men so'kmayman, bu haqida o'zingiz o'ylab ko'ring" deb, Yevgeniy o'z hikoyasini yakunlaydi.

Keyinroq, Yevgeniy o'z postini izohda qoldirilgan UzIMEI tizimining o‘ziga xosligi va unga aloqador fikrlar ulashib boriladigan kanal manzili bilan yangilab qo'ygan.

Sir emaski, mobil qurilmalarni ro'yxatdan o'tkazish uchun UzIMEI tizimi ishga tushirilganidan beri u juda ko'plab norozilik va tanqidlarga sabab bo'lib kelmoqda. Avvalroq Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bosh iqtisodchisi, ekspert Vinayak Nagaraj UzIMEI “tushunarsiz byurokratik” tizimligini aytib, u O‘zbekistonni orqaga tortayotgan siyosatlardan biri ekanligini haqida yozib chiqqan edi.

Shuningdek, “Mening fikrim” portaliga huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev tomonidan IMEI kodlarni ro‘yxatga olishda to‘lov undirishni bekor qilish bo‘yicha kiritilgan jamoaviy murojaat ham kiritilgan edi, lekin u e’lon qilinganidan so'ng bir yil o‘tib Qonunchilik palatasi tomonidan rad qilingan.

O'QING: O'zbekistonda internet tezligi oshdi(mi?)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!