UZMOBILE allaqachon 5G texnologiyasini sinovdan o‘tkazdi

  •   DiMaX
  •  3677
  •  28.11.2017 14:28

UZMOBILE allaqachon 5G texnologiyasini sinovdan o‘tkazdi

«O‘zbektelekom» filiali UZMOBILE milliy aloqa operatori Toshkentda ZTE korporatsiyasi bilan hamkorlikda Pre5G texnologiyasini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda kompaniyaning saytida xabar e’lon qilingan.

O‘QING: Alisher Usmonovga tegishli MegaFon kompaniyasi Uzmobile bilan kelishuv imzoladi

Xabarga ko‘ra, sinov ishlari O‘zbekistonda ilk bor «O‘zbektelekom» kompaniyasining Telekommunikatsiyalar va personalni rivojlantirish markazi laboratoriyasi bazasida tashkil etildi.

UZMOBILE matbuot xizmatining xabar qilishicha, mazkur loyiha 4G tarmoqlarida 5G texnologiyasidan foydalanishni ko‘zda tutadi. Buning sababi – hozircha beshinchi avlod texnologiyalarini standartlashtirish jarayoni yakuniga yetgani yo‘q. U operator tarmoqlarida trafiklar zarbi bilan qanday ishlashni tushunishga yordam beradi.

O‘QING: Mobil operatorlarning cheksiz internet tariflari va 5G texnologiyasi Wi-Fi’ni siqib chiqaradi

Ushbu sinov ishlari 4×4 MIMO, 256-QAM chastotalar agregatsiyalari boshqa texnologiyalardan foydalanilgan holda o‘tkazildi. Baza stansiyasining multirejimli radiomodulida o‘tkazilgan sinovlar ma’lumotlarni har bir foydalanuvchiga 1 Gbit/s gacha tezlikda uzatishini ko‘rsatdi.

«UZMOBILE telekommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalar bilan istiqbolli taraqqiyotni hisobga olgan holda mavjud tarmoqlar bazasida innovatsion yechimlarni amalga oshirish masalalaridan jadal faoliyat olib bormoqda», – dedi UZMOBILE texnik direktori Sergey Melnikov.

O‘QING: Telia Company Yevropadagi ilk ommaviy 5G tarmog‘ini ishga tushirdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!