UZMOBILE ham 5G texnologiyasini sinov tariqasida ishga tushirdi!

  •   DiMaX
  •  4952
  •  17.09.2019 11:15

UZMOBILE ham 5G texnologiyasini sinov tariqasida ishga tushirdi!

Kechagina «Coscom» MChJ (Ucell savdo belgisi) mobil aloqaning beshinchi avlodi – 5G’ni sinash jarayonini boshlagani haqida yozgan edik. «O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi xabar berishicha, UZMOBILE aloqa operatori ham bu yo‘nalishda ishlarni jadallashtirgan.

 O‘QING: Ishonasizmi, AKT vazirligi 5G tarmoqlarini qurish bo‘yicha takliflar so‘rayapti!

Xabarga ko‘ra, «O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi mutaxassislari jahonning ilg‘or dasturchilari va telekommunikatsiya uskunalari ishlab chiqaruvchilari bilan yaqin hamkorlikda malaka oshirgan holda, O‘zbekistonda 5G tarmog‘ini joriy etishning texnik xususiyatlari va imkoniyatlarini o‘rganmoqdalar.

 Yangi avlod tarmoqlarini joriy etishga tayyorgarlik jarayonida «O‘zbektelekom» AK o‘zining UZMOBILE tarmog‘ida sinovdan o‘tkazish uchun 5G texnologiyasi bo‘yicha tayanch stansiyalarning dastlabki to‘plamlariga ega bo‘ldi. Joriy yilning 14 sentyabrida uskunalar o‘rnatildi va dastlabki sinovdan o‘tkazish uchun foydalanishga topshirildi.

 5G tarmoqlarining uskunalari «ko‘plab noortogonal (nomutanosib) kirish va Massive-MIMO» kabi eng zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash tufayli ko‘proq o‘tkazish qobiliyatini ta’minlay oladi.

 5G avlod tayanch stansiyalarini sinovdan o‘tkazish NSA (Non StandAlone) tarmoq arxitekturasi qo‘llanilgan holda 6 gigagersgacha chastotalar oralig‘ida amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha 5G tarmog‘ini tashkil etish bosqichlaridan biri bo‘lib, operatorning mavjud infratuzilmasidan foydalangan holda amalga oshiriladi va kelajakda u yanada rivojlangan, operatorga nafaqat yuqori tezlikka, balki tarmoqdagi juda past kechikish darajasiga (taxminan 1 millisekund) erishish imkonini beruvchi arxitektura - SA (StandAlone)ga takomillashtirilishi kerak.

O‘QING: 4G va 5G’ni amalda o‘zaro taqqoslab ko‘rishdi: kutilmagan natija!

Sinov natijalariga ko‘ra, kerakli jihozlar ro‘yxati hamda o‘rnatish joylari belgilangan UZMOBILE 5G GSM tijorat tarmog‘i loyihasi ishlab chiqiladi.

So‘ngra, taxminan bir yarim yildan ko‘proq muddat talab etiluvchi 5G texnologiyasidagi UZMOBILE tijorat tarmog‘ini tashkil etish jarayoni uchun tarmoq uskunalari sotib olinadi.

5G texnologiyasi mamlakatimiz fuqarolari, korxonalar, hukumat va iqtisodiyoti uchun butunlay boshqa qiyofa aks ettirish qobiliyatiga ega. Ushbu yangi texnologiya ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish, «qurilmadan-qurilmaga» to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir o‘tkazish, kechikishlarni qisqartirish, elektrenergiya sarfini kamaytirish, hamma narsa bilan universal aloqa, mashinalararo aloqa, ultra HD 4K va 8K hamda virtual reallikning ko‘plab imkoniyatlarini ochib beradi.

 5G mobil aloqa texnologiyalarining beshinchi avlodini va Internet buyumlarning (IoT) qo‘llanilishi juda ko‘p sonli ulanishlar bilan tarmoqning boshqarilishi, nazorat qilinishi va kengaytirilishini orqali amalga oshirilib, barcha sohalarni tarmoqning intellektual funksiyalari bilan ta’minlaydi.

5G texnologiyasining joriy etilishi UZMOBILE Milliy uyali aloqa operatoriga o‘z abonentlariga 1 Gbit/s va undan yuqori tezlikda Internetdan foydalanish imkoniyatini beradi. Yangi 5G texnologiyalari bir vaqtning o‘zida bitta tayanch stansiyasining ko‘p sonli abonentlariga xizmat ko‘rsatishga imkon beradi va bu bilan ushbu texnologiyani, birinchi navbatda, aholisi ko‘p bo‘lgan joylarda kengaytirish oshirish uchun asosiy omil hisoblanadi.

O‘QING: Speedtest sinovidan «jonli» video: O‘zbekistonda qaysi uyali aloqa operatorining interneti eng tezkor?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.