Uzmobile “Hammaga sovg‘alar” aksiyasini e’lon qildi

Uzmobile “Hammaga sovg‘alar” aksiyasini e’lon qildi

Milliy mobil operator Uzmobile GSM “Hammaga sovg‘alar” aksiyasini e’lon qildi.

Bu haqda kompaniyaning saytida xabar berilgan. Operator O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan o‘z GSM tarmog‘idagi barcha abonentlarga qo‘shimcha bonuslarni taqdim qilmoqda.

Aksiya ishtirokchisiga aylanish va bonuslarga ega bo‘lish uchun abonent o‘z hisobini 2, 3, yoki 4 dollarga to‘ldirishi kerak.

Aksiya doirasida abonentlarga 200 SMS, 200 daqiqa va 200 MB bepul bonus sifatida taqdim etiladi.

Abonent hisobiga kiritgan summaga qarab, bir nechta variantlardagi paketlardan birini bepul qo‘lga kiritishi mumkin.

Aksiya haqidagi ma’lumotlar bilan Uzmobile.uz saytida batafsil tanishib chiqish mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!