Uzmobile ikkita tarif rejasida internet-trafik limitini oshiryapti, lekin...

  •   DiMaX
  •  3751
  •  26.06.2020 17:09

Uzmobile ikkita tarif rejasida internet-trafik limitini oshiryapti, lekin...

«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasining uyali aloqa operatori Uzmobile filiali kechagina yangi «ONLIME» tarif rejasini e’lon qilgan edi. Endi esa u ikkita tarif rejasida o‘zgarishlar amalga oshirilishi haqida xabar berdi.

O‘QING: Uzmobile ikkita tarif rejasida yanada ko‘proq megabaytlar beryapti

Xabarga ko‘ra, joriy yilning 6 iyul sanasidan «Street Upgrade» hamda «Flash Upgrade» tarif rejalariga o‘zgartirishlar kiritiladi. Mobil internetning faol foydalanuvchilari uchun ushbu tariflarga kiritilgan internet-trafik hajmi oshiriladi. Shuningdek, abonent limitdan tashqari ishlatadigan trafik narxi ham o‘zgartiriladi.

Afsuski, UZTELECOM bu xabarida limitlar qanchaga oshirilishi, shuningdek, limitdan tashqari trafik narxining qay tomonga va qancha o‘zgarishi haqida aniq ma’lumot bermagan. Bu boradagi yangiliklarni biz bilan birga kuzatishda davom eting.

O‘QING: Internetdan faol foydalanasizmi? «GAP yo‘q» tarif rejasi!