Uzmobile ikkita tarif rejasida yanada ko‘proq megabaytlar beryapti

  •   DiMaX
  •  4614
  •  05.06.2020 16:35

Uzmobile ikkita tarif rejasida yanada ko‘proq megabaytlar beryapti

«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasining Uzmobile uyali aloqa operatori STREET hamda FLASH tarif rejalarini yangiladi. Endi ular mobil aloqa abonentlari uchun yanada qulayroq bo‘ladi, deyiladi bu haqdagi UZTELECOM xabarida.

O‘QING: UzMobile va mobiuz'ning 20 mingdan 70 minggacha bo‘lgan tarif rejalari bilan tanishing

Endi «Sehrli kombinatsiya»ning sanalarga bog‘lanmagan STREET va FLASH yangi avlod tarif rejalari UZTELECOM mobil aloqa abonentlari uchun yanada qulayroq bo‘ladi. Ularda avvalgi abonent to‘lovi evaziga yanada ko‘proq megabaytlar taqdim etilyapti.

Xabarga ko‘ra, yangilanishlar 2020 yil 5 iyundan boshlab, abonent to‘lovi yechilganidan yoki RESTART xizmati faollashtirilgandan so‘ng kuchga kiradi.

O‘QING: «BOLAJON» tarif rejasi: 200 daqiqa va 200 SMS, 2000 megabayt!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!