Siz sevgan operatorlarning 20 mingdan 70 ming so‘mgacha bo‘lgan tariflari bilan tanishing!

Siz sevgan operatorlarning 20 mingdan 70 ming so‘mgacha bo‘lgan tariflari bilan tanishing!

UzMobile va mobiuz'ning 20 mingdan 70 ming so‘mgacha bo‘lgan oylik tariflarini taqqoslashga qaror qildik. Qiyoslang va o‘zingizga mosini tanlang. Ma’lumotlar 2020-yil 30-iyun sanasi holatiga ko‘ra ko‘rsatilgan.

UzMobile'dan boshlasak. «Milliy operator» ushbu narx toifasida faqat uchta tarif rejasini taqdim etmoqda.
«Street» tarifi anchayin qulay va hamyonbop ekanligini ko‘rish mumkin. Kompaniya sizga oyiga 39 900 so‘m evaziga barcha yo‘nalishdagi internetga 6 500 MB, O‘zbekiston bo‘ylab 750 daqiqa, tarmoq ichida 1 500 ming daqiqa, O‘zbekiston bo‘ylab 750 ta SMSdan iborat paket taqdim etadi. Limitdan tashqari tariflash quyidagicha:

•1 MB internet: 160 so‘m;
•1 ta SMS xabar: 84 so‘m;
•Barcha yo‘nalishlarga qo‘ng‘iroqning 1 daqiqasi: 126 so‘m.

Tarifga o‘tish narxi joriy tarifga qarab bepuldan 10 000 so‘mgacha. O‘tish uchun USSD kod: *111*1*11*1#.

Kompaniyaning yangi «Onlime» tarifida esa oylik 49 900 so‘m evaziga O‘zbekiston bo‘ylab 1 000 daqiqa, tarmoq ichida 2 000 daqiqa, barcha yo‘nalishlarga 10 000 MB va O‘zbekiston bo‘yicha 1 000 SMS paketiga ega bo‘lish mumkin. Limitdan tashqari narxlar esa quyidagicha:
•Internet: 280 so‘m/MB;
•Qo‘ng‘iroqlar: 80 so‘m/daqiqa;
•SMS: 84 so‘m/xabar.

Tarifga o‘tish narxi joriy tarifga qarab bepuldan 10 000 so‘mgacha. O‘tish uchun USSD kod: *111*1*11*6#.

«Flash» tarifida esa 69 900 so‘m to‘lab 16 000 MB, O‘zbekiston bo‘ylab 1 500 daqiqa, tarmoq ichida 2 000 daqiqa va 1 500 SMS olish mumkin.

Limitdan tashqari narxlar quyidagicha:
•1 MB internet: 160 so‘m;
•Barcha yo‘nalishlarga qo‘ng‘iroqning 1 daqiqasi: 84 so‘m;
•1 ta SMS xabar: 84 so‘m.

Tarifga o‘tish narxi joriy tarifga qarab bepuldan 10 000 so‘mgacha. O‘tish uchun USSD kod: *111*1*11*2#.

******

Endi ribrebding qilingan mobiuz tariflari bilan tanishamiz. Ta’kidlash kerak, kompaniyada 20 000—70 000 gacha bo‘lgan tariflar nisbatan ko‘proq.

«Mobi 20» tarifiga o‘tib oyiga 20 000 so‘mga:
•1 500 MB;
•500 daqiqa;
•500 SMS ga ega bo‘ling.

Limitdan tashqari narxlar:
•Ovozli qo‘ng‘iroq: 42,10 so‘m/daqiqa;
•Internet: 126,31 so‘m/MB;
•SMS: 42,10 so‘m/xabar.

•O‘tish kodi: *111*120#.

4 000 MB, 1 000 daqiqa va SMS «Mobi 30» tarifida 30 ming so‘mlik abonent to‘lovi evaziga beriladi. Limitdan tashqari xizmat narxlari:
•Ovozli qo‘ng‘iroq: 84,20 so‘m/daqiqa;
•Internet: 421,04 so‘m/MB;
•SMS: 84,20 so‘m/xabar.

•O‘tish kodi: *111*128#.

Ko‘p muloqot qiluvchilar esa «Mobi 40»qa ulanib, oyiga 40 ming so‘m evaziga 6 000 MB, 1 200 daqiqa va 1 200 SMSga ega bo‘lishadi. Limitdan tashqari tariflash quyidagicha:
•Ovozli qo‘ng‘iroq: 42,10 so‘m/daqiqa;
•Internet: 126,31 so‘m/MB;
•SMS: 42,10 so‘m/xabar.

•O‘tish kodi: *111*122#.

Tarmoq ichida cheksiz aloqa, O‘zbekiston bo‘ylab 1 500 daqiqa, 8 000 MB va 1 500 SMS oylik 50 000 so‘m abonent to‘lovi evaziga «Mobi 50» tarifida taqdim qilinadi. Limitdan tashqari xizmat narxlari:
•Ovozli qo‘ng‘iroq: 84,20 so‘m/daqiqa;
•Internet: 421,04 so‘m/MB;
•SMS: 84,20 so‘m/xabar.

•O‘tish kodi: *111*129#.

So‘nggi «Yorqin» tarifida 60 ming so‘m o‘rniga har oy abonentlarga 10 000 MB, 1 000 daqiqa va 1 000 SMS beriladi. Paketlar tugagach xizmatlar narxi:
•126,3 so‘m/daqiqa;
•84,2 so‘m/SMS;
•421 so‘m/MB.

•O‘tish kodi: *111*113#.

O‘QING: UzMobile'da operator bo‘lib ishlash uchun nima qilish kerak?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!