UzMobile va mobiuz'ning 20 mingdan 70 ming so‘mgacha bo‘lgan tariflari bilan tanishing!

UzMobile va mobiuz'ning 20 mingdan 70 ming so‘mgacha bo‘lgan tariflari bilan tanishing!

UzMobile va mobiuz'ning 20 mingdan 70 ming so‘mgacha bo‘lgan oylik tariflarini taqqoslashga qaror qildik. Qiyoslang va o‘zingizga mosini tanlang. Ma’lumotlar uztelecom.uz va mobi.uz saytlaridan olingan va 2021 yil 2 avgust sanasi holatiga ko‘ra ko‘rsatilgan.

UzMobile'dan boshlasak. «Milliy operator» ushbu narx toifasida sakkizta tarif rejasini taqdim etmoqda.

«Units 4000» tarifida sizga 30 kunga 20 ming so‘m evaziga 4000 «unit» taqdim qilinadi, bunda 1 SMS, 1MB yoki 1 daqiqa 1 «unit»ga teng. Masalan, bir oyda faqat internetdan foydalansangiz, 4000MB trafik sarflashingiz mumkin. Xuddi shunday, faqat SMS yozsangiz, 4000 ta SMS yoza olasiz yoki 2000MB, 1000 daqiqa va 1000 SMSdan foydalana olasiz va h.k.

•Tarifga o‘tish kodi: *777*3.

•Batafsil: uztelecom.uz.

«Maktab«* tarifida sizga 30 kunga 29 ming 900 so‘m evaziga 500 daqiqa 500 SMS 5000MB taqdim qilinadi.                                                                                     

•Boshqa tarif rejalaridan mazkur tarifga ulanish faqat UZTELECOM sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida tegishli hujjatlarni taqdim yetgan holda amalga oshiriladi.

•Batafsil: uztelecom.uz.

«Ta'lim«* tarifida sizga 30 kunga 34 ming 900 so‘m evaziga 1000 daqiqa 500 SMS 8000MB taqdim qilinadi. 

•Boshqa tarif rejalaridan mazkur tarif ga ulanish faqat UZTELECOMsotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida tegishli hujjatlarni taqdim yetgan holda amalga oshiriladi.

•Batafsil: uztelecom.uz.

«Units 8000» tarifida sizga 30 kunga 35 ming so‘m evaziga 8000 «unit» taqdim qilinadi, bunda 1 SMS, 1MB yoki 1 daqiqa 1 «unit»ga teng.

•Tarifga o‘tish kodi: *777*4.

•Batafsil: uztelecom.uz.

«Street» tarifida oyiga 39,900 so‘m evaziga barcha yo‘nalishdagi internetga 6500 MB, O‘zbekiston bo‘ylab 750 daqiqa, tarmoq ichida 1500 daqiqa, O‘zbekiston bo‘ylab 750 ta SMSdan iborat paket taqdim etiladi.

•Tarifga o‘tish kodi: *111*1*11*1#.

•Batafsil: uztelecom.uz.

«Units 11000» tarifida sizga 30 kunga 45 ming so‘m evaziga 11000 «unit» taqdim qilinadi, bunda 1 SMS, 1MB yoki 1 daqiqa 1 «unit»ga teng.

•Tarifga o‘tish kodi: *777*5.

•Batafsil: uztelecom.uz.

«Onlime» tarifida esa oylik 49,900 so‘m evaziga O‘zbekiston bo‘ylab 1000 daqiqa, tarmoq ichida 2000 daqiqa, barcha yo‘nalishlarga 10000 MB va O‘zbekiston bo‘yicha 1000 SMS paketiga ega bo‘lish mumkin.

•Tarifga o‘tish kodi: *111*1*11*6#.

•Batafsil: uztelecom.uz.

«Units 14000» tarifida sizga 30 kunga 55 ming so‘m evaziga 14000 «unit» taqdim qilinadi, bunda 1 SMS, 1MB yoki 1 daqiqa 1 «unit»ga teng.

•Tarifga o‘tish kodi: *777*6.

•Batafsil: uztelecom.uz.

«Units 18000» tarifida sizga 30 kunga 65 ming so‘m evaziga 18000 «unit» taqdim qilinadi, bunda 1 SMS, 1MB yoki 1 daqiqa 1 «unit»ga teng.

•Tarifga o‘tish kodi: *777*7.

•Batafsil: uztelecom.uz.

«Flash» tarifida esa 69,900 so‘m to‘lab 16,000 MB, O‘zbekiston bo‘ylab 1500 daqiqa, tarmoq ichida 2000 daqiqa va 1500 SMS olish mumkin.

•Tarifga o‘tish kodi: *111*1*11*2#.

•Batafsil: uztelecom.uz.

******

Endi mobiuz tariflari bilan tanishamiz.

«Mobi 20» tarifiga o‘tib oyiga 20 000 so‘mga 2000 MB, 2000 daqiqa, 2000 SMSga ega bo‘ling.

•Tarifga o‘tish kodi: *111*120#

•Batafsil: mobi.uz.

Maktab o‘quvchilari uchun hamyonbop «Maktab»* tarif rejasi mavjud. O‘quvchilar oyiga 20 ming so‘m to‘lagan holda 3000MB, 500 daqiqa va 500 SMS olishlari mumkin.

•Batafsil: mobi.uz.

«Turist SIM Lite+»* tarif rejasida sizga 30 kunga 21 ming so‘m evaziga 200 daqiqa 200 SMS, 3000MMB taqdim qilinadi. 

•Batafsil: mobi.uz.

«Mobi 25» tarifiga o‘tib oyiga 25 000 so‘mga 3500 MB, 3500 daqiqa, 3500 SMSga ega bo‘ling.

•Tarifga o‘tish kodi: *111*102#

•Batafsil: mobi.uz.

Kompaniya, shuningdek, davlat xizmatchilari uchun «Fidokor+»* tarif rejasini ham taqdim etmoqda. Shifokorlar, IIB, FVV va Milliy gvardiya xodimlari o‘z hujjatlarini ko‘rsatgan holda tarifga o‘tishlari mumkin. Tarif rejasida abonent hisobidan oyiga 30 ming so‘m yechilib, 8000MB, 3000 daqiqa va 3000 SMS paket beriladi.

•Batafsil: mobi.uz.

O‘qituvchilar uchun esa maxsus «O‘qituvchi — 2»* tarifi ishlab turibdi. Ushbu tarif rejasida 30 ming so‘m evaziga 8000MB, 2000 daqiqa va 100 SMSga ega bo‘lish mumkin.

•Batafsil: mobi.uz.

«Mobi 30+»ga ulanib, oyiga 30 ming so‘m evaziga 5000 MB, 5000 daqiqa va 3500 SMSga ega bo‘lishadi.

•Tarifga o‘tish kodi: *111*128#.

•Batafsil: mobi.uz.

Ko‘p muloqot qiluvchilar esa «Mobi 40»qa ulanib, oyiga 40 ming so‘m evaziga 8000 MB, 5000 daqiqa va 3500 SMSga ega bo‘lishadi.

•O‘tish kodi: *111*122#.

•Batafsil: mobi.uz.

«Turist SIM+» tarif rejasida sizga 30 kunga 42 ming so‘m evaziga 400 daqiqa 400 SMS 8000MB taqdim qilinadi.

•Batafsil: mobi.uz.

Tarmoq ichida cheksiz aloqa, O‘zbekiston bo‘ylab 5000 daqiqa, 10000 MB va 3500 SMS oylik 50,000 so‘m abonent to‘lovi evaziga «Mobi 50» tarifida taqdim qilinadi.

•Tarifga o‘tish kodi: *111*129#.

•Batafsil: mobi.uz.

Agar talab bo‘lsangiz, «Talaba+»* tarif rejasiga o‘tib oyiga 50 ming so‘m to‘lab barcha yo‘nalishlarga 10,000MB, 00:00 dan 08:00 gacha yana 10,000MB, 1000 daqiqa va 1000 SMSga ega bo‘lishingiz mumkin.

•Batafsil: mobi.uz.

«Mobi 70» tarifida kompaniya sizga tarmoq ichida cheksiz ovozli qo‘ng‘iroqlar, O‘zbekiston bo‘yicha 5000 daqiqa va 3500 SMS, barcha yo‘nalishlarga 20,000MB taqdim qiladi. Oylik to‘lov — 70,000 so‘m.

•Tarifga o‘tish kodi: *111*131#.

•Batafsil: mobi.uz.

*imtiyozli tariflar

O‘QING: UzMobile'da operator bo‘lib ishlash uchun nima qilish kerak?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!