UzMobile'da operator bo‘lib ishlash uchun nima qilish kerak?

UzMobile'da operator bo‘lib ishlash uchun nima qilish kerak?

Taniqli operator Uztelecom yoki uning brendi bo‘lgan UzMobile'da Call Center operatoriga qo‘yiladigan talablar bilan quyida tanishib chiqamiz. Ma’lumotlar kompaniyaning rasmiy saytidan olindi.

Call Center operatori lavozimi majburiyatlari:

•kirish qo‘ng‘iroqlarini qabul qilish;
•kompaniyaning xizmatlari haqida ma’lumot berish;
•saytdan mijozlar so‘rovlarini qayta ishlash;
•potensial mijozlarni jalb qilish
•yangi xizmatlar yoki aksiyalar haqida ma’lumot berish.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

•aniq nutq va yaxshi og‘zaki tushuntirish;
•mukammal kompyuter bilimlari;
•muloqot o‘rnata olish qobiliyati;
•hissiy barqarorlik;
•mazkur sohadagi ish tajribasi yarim yildan kam bo‘lmagan.

Ish shartlari:

•Mehnat Kodeksi bo‘yicha rasmiy ishga joylashish;
•Jadval-grafik (smena) bo‘yicha ishlash;
Ish haqi suhbat oxirida muhokama qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun [email protected] manzili bo‘yicha fotosurat va bo‘sh ish o‘rinlari ko‘rsatilgan rezyume qabul qilinadi. Xat mavzusi satrida ism-sharifingiz, bo‘sh ish joyi, shuningdek, shaharni ko‘rsatish zarur.

Demak, agar operator bo‘lishga qiziqsangiz va o‘zingizni yuqoridagi talablarga javob beradigan nomzod, deb hisoblasangiz, hoziroq ishga kirishing. Omad yor bo‘lsin!

O‘QING: UzMobile va mobiuz'ning 20 mingdan 70 minggacha bo‘lgan tarif rejalari bilan tanishing

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!