UZONLINE abonentlari 31 oktyabrga qadar internet sifati past bo‘lishi haqida ogohlantirildi

UZONLINE abonentlari 31 oktyabrga qadar internet sifati past bo‘lishi haqida ogohlantirildi

UZONLINE internet provayderi o‘z abonentlarini 2015 yilning 12 oktyabridan 31 oktyabriga qadar Internet xizmatlari taqdim etilishi sifatining yomonlashishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda rasmiy uzonline.uz saytida xabar berildi.

“O‘zbektelekom” AK hamkorlari tarmog‘ida ishlar olib borilishi munosabati bilan 2015 yil 12 oktyabrdan 31 oktyabrga qadar davr mobaynidagi Internet xizmatlari taqdim etilishining sifati yomonlashishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Provayder mijozlaridan vaqtinchalik noqulaylik uchun o‘z uzrini so‘radi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!