Uzonline «UNLIM» turkumida yangi tariflarini joriy etdi

  •   DiMaX
  •  24963
  •  25.02.2019 18:56

Uzonline «UNLIM» turkumida yangi tariflarini joriy etdi

«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi 2019 yilning 25 fevralidan jismoniy shaxslar uchun «UNLIM» seriyasi yangi cheklovsiz tarif rejalarini taqdim etadi. Bu haqda kompaniya o‘z rasmiy sayti orqali xabar bergan.

O‘QING: «My Uztelecom» mobil ilovasini yuklab oling!

Uzonline foydalanuvchilari 1 martdan boshlab UNLIM 4, UNLIM 10 va UNLIM 20 tarif rejalaridan biriga o‘ta olishlari uchun mazkur yangi tariflar aynan 25 fevraldan foydalanishga topshirilmoqda.

Tariflar nomidagi raqamlar taqdim etiladigan xizmatlar tezligi: mos ravishda 4, 10 va 20 Mbit/s.ni ko‘rsatadi. Cheklanmagan trafik va albatta, «-gacha» qo‘shimchasisiz taqdim etiladi.

UNLIM 4 tarif rejasi ADSL/VDSL/ FTTx texnologiyalari bo‘yicha taqdim etilib, uning abonent to‘lovi 99 000 so‘mga teng. FTTx/VDSL texnologiyalari bo‘yicha amal qiluvchi UNLIM 10 va UNLIM 20 tariflari uchun esa tegishlicha 149 000 va 199 000 so‘m hajmida abonent to‘lovi belgilangan.

Xabarga ko‘ra, faqat texnologik cheklovlar mavjud. Agar siz xizmatga ADSL texnologiyasi bo‘yicha ulangan bo‘lsangiz, unda 4 Mb/s.dan oshmagan tezlik va faqatgina mazkur seriyadagi UNLIM 4 tarif rejasiga ulana olasiz.

Agarda VDSL yoki FTTx texnologiyalari bo‘yicha ulangan bo‘lsangiz, unda UNLIM 10 va UNLIM 20 tarif rejalariga ulanishning ayni vaqti. Mazkur tariflarning yana bir afzalligi – TAS-IX tarmog‘idagi resurslarga ulanish tezligi 40 Mbit /s. ni tashkil etadi.

Yangi tarif rejalariga «O‘zbektelekom» AK sotuvlar ofislarida ulanish mavjud, abonentlar esa tarif rejalariga shaxsiy kabinet orqali 2019 yil 25 fevraldan o‘tishlari mumkin.

Batafsil ma’lumotni esa mana bu havola orqali olish mumkin.

O‘QING: 1 martdan telekommunikatsiya xizmatlari narxlari o‘zgarmoqda!