UZONLINE va UZMOBILE tarmoqda uzilishlar bo‘lishi haqida ogohlantirdi

UZONLINE va UZMOBILE tarmoqda uzilishlar bo‘lishi haqida ogohlantirdi

26 noyabrdan 7 dekabrgacha soat 22:00dan 6:00gacha Jizzax, Andijon, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida “O‘zbektelekom” AK bo‘limlarida modernizatsiya ishlari olib borilayotganligi sababli aloqa sifati yomonlashuvi va uzilishlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda kompaniyaning saytida keltiriladi.

Shuningdek, mobil aloqani yaxshilash va CDMA tarmog‘ini takomillashtirish ishlari olib borilayotganligi sababli 28 noyabrga o‘tar kechasi Samarqand shahrida va 30 noyabrga o‘tar kechasi Qarshi shahrida qisqa muddatli uzilishlar yuz berishi mumkin.

Aloqa kompaniyalari yuzaga kelgan noqulayliklar uchun mijozlardan uzr so‘rashi saytda keltirilgan.

“O‘zbektelekom” Respublikadagi yirik telekommunikatsiya operatoridir. Kompaniya operatorlarga kanallarni ijaraga berish, ovozli aloqaning barcha turlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish, internet tarmog‘iga chiqish va boshqa xizmatlar bilan shug‘ullanadi. Kompaniya tarkibida 22 filial mavjud.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!