Uzoq kutilgan Galaxy A90 flagmani Geekbench’da kuchini ko‘rsatdi – natijalar havasga loyiq!

  •   DiMaX
  •  2973
  •  11.07.2019 10:20

Uzoq kutilgan Galaxy A90 flagmani Geekbench’da kuchini ko‘rsatdi – natijalar havasga loyiq!

Samsung kompaniyasining o‘rta narxli smartfonlar turkumi flagmani – Galaxy A90 eng ilg‘or Snapdragon 855 chipiga va 48 MPlik «uchko‘z» kameraga ega. Janubiy koreyalik gigant uni hatto o‘zining Galaxy S10 flagmanida ham mavjud bo‘lmagan kamida uchta xususiyat bilan boyitayotir.

O‘QING: Hamyonbop Galaxy A90 flagmani eng kutilayotgan texnologiyadan mahrum ekan!

Samsung Galaxy A90 ikki xil versiyada – 5G tarmog‘ini qo‘llovchi hamda 4G’gacha tarmoqlarda ishlovchi talqinlarda chiqarilishini aytishmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, ularning ikkalasi ham Snapdragon 855 protsessori bazasiga qurilgan, ammo Snapdragon X50 modemi faqat yuqori versiyaning chipseti tarkibida bo‘ladi.

Ayni shu – SM-A908N model raqami ostidagi 5G-versiyasi kuni kecha ommabop Geekbench test ilovasida tekshirib ko‘rildi. Shunda uning asosiy texnik xususiyatlari tasdiqlandi: Snapdragon 855 platformasi, 6 gigabaytlik tezkor xotira va Android 9 Pie operatsion tizim talqini.

Guvohi bo‘lyapmizki, Samsung Galaxy A90 smartfonining 5G-versiyasi yakka yadroli sinovda 3458 ball, barcha yadrolari ishtirokidagi tekshiruvda esa 10852 ball olgan.

Hozirgacha tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu smartfon diagonaliga 6,7 dyuymlik Super AMOLED ekranga, 48, 12 va 5 megapiksellik bosh kameraga hamda korpus yuqori qirrasidan chiquvchi old kameraga ega. Insayderlardan birining ta’kidlashicha, Galaxy A90 allaqachon tayyor bo‘lgan va ayni damda uni Janubiy Koreyada ishlatib ko‘rishmoqda.

Kompaniyaning boshqa ko‘plab rusumlardagi telefonlarini esa 619 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin. Shu jumladan, eng original form-faktorli – aylanma kameraga ega Galaxy A80 slayderini ham allaqachon shu yerdan onlayn usulda sotib olish imkoni bor!

O‘QING: Samsung tanlovida qatnashing – sovrin jamg‘armasi naq 40 000 dollar!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!