Uzoq kutilgan Pocophone F2 hafsalani pir qildi! (+«jonli» rasmlar)

  •   DiMaX
  •  1976
  •  21.01.2020 11:06

Uzoq kutilgan Pocophone F2 hafsalani pir qildi! (+«jonli» rasmlar)

Xiaomi korporatsiyasi yaqinda Pocophone’ni mustaqil brend tarzida ajratgan va uning ikkinchi smartfoni chiqishini tasdiqlagan edi. Kutilayotgan yangi qurilma Pocophone F2 yoki Pocophone X2 (Poco X2) deb nomlanishi mumkin.

O‘QING: Xiaomi sir tutayotgan yana bir arzon flagmanni Geekbench fosh etdi!

Kuni kecha Hindiston standartizatsiya byurosi (BIS – Bureau of Indian Standards) ma’lumotlar bazasiga Poco brendiga mansub M1912G7BI raqamli model kiritilgani ma’lum bo‘ldi. Bu esa o‘tgan yilning avgustida namoyish qilingan 300 dollarlik Pocophone F1 smartfonining davomchisi tez orada taqdim etilishidan darak beradi.

Biroq masalaning boshqa tomoni ham bor: korporatsiyaning Redmi K30 qurilmasi ham Xitoyda shunga o‘xshash – M1912G7BC model raqami ostida ro‘yxatga olingan edi. Bundan chiqdi, Pocophone F2 degani mutlaqo yangi model bo‘lmasdan, Redmi K30’ning Hindiston uchun rebrending qilingan varianti ekan!

O‘QING: Yanada arzon Redmi K30 5G sotuvga chiqdi – Realme «damini olsin»!

Hindistonlik taniqli informator Mukul Sharma (Mukul Sharma) ta’kidlaganidek, 2020 yilgi ilk Pocophone yoki Poco smartfoni – shunchaki korpusida brendi qayd etilgan Redmi K30 bo‘lib chiqyapti. Mish-mishlarga qaraganda, bu Pocophone F2 yoki Pocophone F2 Lite bo‘lishi ham mumkin.

Buning ustiga, shu paytgacha noma’lum bo‘lgan Pocophone F2 Lite modelining «jonli» suratlari ham internetda paydo bo‘ldi:

Quyidagi rasmda esa model nomi – Poco F2 Lite aniq ko‘rsatilgan:

Demak, Xiaomi bu smartfonini yaqin orada taqdim etsa kerak, yangiliklarni biz bilan birga kuzatishda davom eting.

O‘QING: Redmi eng ommabop smartfonini yanada arzonlashtirdi!