Uzoq kutilgan Redmi 9 taqdim etildi – xususiyat va narxlari

  •   DiMaX
  •  5241
  •  10.06.2020 18:36

Uzoq kutilgan Redmi 9 taqdim etildi – xususiyat va narxlari

Xiaomi hali Redmi 9 modelini rasman namoyish etmay turib, AliExpress’dagi rasmiy do‘konida sotuvga chiqargan edi. O‘shanda uning narxlari o‘ta yuqori ko‘rsatilgan, keyin esa...

O‘QING: Redmi 9’ga allaqachon rasman buyurtma berish mumkin, narxi endi «joyiga tushdi»!

Bugun – 10 iyun kuni Ispaniyada ushbu smartfonning rasmiy taqdimoti o‘tkazildi. Kutilganidek, uning dizayni Redmi K30 flagmaniga o‘xshab ketadi.

Redmi 9 diagonaliga 6.53 dyuymlik IPS-displeyga ega, tasvir aniqligi FHD+ formatida (2340x1080 piksellik). Ekranning tomonlari o‘zaro 19.5:9 nisbatda, yorqinligi 400 nit va 394 ppi. Tomchisimon kemtikli displey ustiga Gorilla Glass 3 himoya shishasi yotqizilgan.

Smartfonning «elektron yuragi» – 12 nanometrlik tex-jarayon asosida tayyorlangan MediaTek Helio G80 protsessoridir. Ushbu chipset maksimal takt chastotasi 2.0 GGs.lik ikkita Cortex-A75 hamda 1.8 GGs.lik oltita Cortex-A55 yadrolarini o‘z ichiga olgan. Grafikani qayta ishlashga esa 950 mGs chastotali Mali-G52 videotezlatgichi mas’ul.

Tezkor/ichki xotirasiga ko‘ra Redmi 9 ikki xil modifikatsiyada: 3/32 hamda 4/64 gigabaytlik variantlarda taklif etildi. Uning avtonomligi uchun tok sig‘imi 5020 mA/soat bo‘lgan akkumulyator javobgar. Batareya zamonaviy USB-C porti orqali quvvat oladi va 18 vattlik Quick Charge 3.0 tezkor zaryadlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Lekin bunday tezkor quvvatlagichni alohida sotib olishga to‘g‘ri keladi, Redmi 9 jamlanmasida esa faqat 10 vattlik zaryadchik bor.

Redmi 9 bosh kamerasi to‘rt modulli – bosh sensor 13 megapiksellik (f/2.2). Ikkinchi datchik 8 MPlik (f/2.2) bo‘lib, keng burchakli ob’yektiv bilan birlashgan. Uchinchi – makrokamera aniqligi 5 Mp (f/2.4) bo‘lsa, chuqurlikni aniqlash sensori 2 megapiksellik. Selfilar uchun esa ekran kemtigiga 8 megapiksellik (f/2.0) yakka kamera o‘rnatilgan.

O‘QING: Beshta modeldagi Xiaomi smartfoniga global MIUI 12 proshivkasi kela boshladi! (+havola)

Garchi arzon turkumga mansub bo‘lsa-da, bu smartfonda kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC chipi, shuningdek, pult siftida qo‘llash uchun infraqizil port bor. Ikkita SIM-kartali qurilma MIUI 11 grafik qobig‘i ostidagi Android 10 operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi.

Ispaniyada bu smartfon uchun 15–17 iyun kunlari aksiya narxlarida oldindan buyurtma berish mumkin: 3/32 GB xotiralisi 139 yevro bo‘lsa, 4/64 gigbaytligi 149 yevrodan. Keyin esa ularning narxlari tegishlicha 169 va 179 yevro qilib belgilanadi. Redmi 9 boshqa mamlakatlar bozorlariga qachon va qanday narxlarda chiqishi hozircha noma’lum, ammo AliExpress do‘konida ham oldindan buyurtma qilish mumkin.

O‘QING: Global proshivka, Global versiya va Xitoy versiya. Bularning farqi nimada?