Uzoq kutilgan Snapdragon 8 Gen1 chipi taqdim etildi

Uzoq kutilgan Snapdragon 8 Gen1 chipi taqdim etildi

Qualcomm kompaniyasi flagman Android smartfonlari uchun o‘zining yangi avlod chipsetini taqdim etdi. U avvalgi avlod chiplaridan tubdan farq qiladi, negaki, yangi chip ARMv9 dizayniga ega.

O‘QING: Akkumulyator unumdorligi bo‘yicha ushbu smartfon DxOMark reytingida birinchi o‘ringa chiqib oldi 

Ushbu chipga ega bo‘lgan smartfonni sotuvga chiqishini uzoq kutmasak kerak, chunki yil oxirigacha ba’zi kompaniyalar Snapdragon 8 Gen1 chipiga ega bo‘lgan smartfonlarni taqdim etishni rejalashtirishgan. 

Snapdragon 8 Gen1 - bu yerda 8 chipining flagman darajada bo‘lganini, Gen1 esa chipning birinchi avlod ekanligini bildiradi. 

Shuningdek, bu Qualcomm kompaniyasining birinchi to‘rt nanometrlik jarayon asosida yaratilgan hamda yangi arxitekturadagi markaziy protsessorga ega bo‘lgan ilk chipseti hisoblanadi. 

CPU uchta klasterdan iborat, ammo yadrolar endi ARMv9 dizayniga asoslangan. Chipda bitta 3.0 gigagertsli Cortex-X2 asosiy yadro, uchta 2.5 gigagertsli Cortex-A710 yadro hamda to‘rtta 1.8 gigagertsli A510 yadrolari joylashgan. 

Umumiy olganda, Yangi CPU avvalgi Snapdragon 888 chipidagi CPU'dan 20% ga tezroq ishlaydi hamda quvvat sarfini 30% ga yaxshiroq tejaydi. 

Adreno grafik protsessori ham yangi arxitektura sababli 30% yuqori unumdorlik hamda 25% quvvat tejamkorligini taqdim etadi. 

Qualcomm uchta Elite Gaming funksiyasini ishlab chiqdi, ulardan biri o‘yin yaratuvchilariga unumdorlik va quvvat samaradorligi o‘rtasidagi muvozanatni saqlashga imkon beradi. 

Adreno Frame Motion Engine texnologiyasi grafik protsessorga bir xil quvvat sarflagan holda o‘yinni ikki barobar tezlashtirish imkonini beradi. Shu bilan birga, u kadr/soniyaning bir me’yorda ishlashiga ta’sir o‘tkazmay quvvat sarfini ikki barobarga tejash mumkin. 

Chip, shuningdek, X65 5G modemiga ega bo‘lib, u ham sub-6, ham mmWave to‘lqinlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Modem maksimal 10 Gbit/sekund tezlikka erisha oladi.  

Snapdragon 8 Gen1, o‘z navbatida, Wi-Fi 6 va 6E mahalliy ulanish tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bluetooth LE orqali chip CD Lossless audio turlarini striming qilishi mumkin. 

Trust Management Engine tizimini taqdim etish orqali Qualcomm chipining xavfsizlik darajasini ham yaxshiladi. 

Snapdragon 8 Gen1 chipi bilan jihozlangan ilk smartfon shu oyda taqdim etiladi. 

O‘QING: AnTuTu ilovasi realme GT 2 Pro'ning texnik jihatlarini oshkor qildi