UZOQ KUTILGAN VIDEO: Nihoyat, Samsung qayishqoq ekranli buklama smartfonini namoyish etdi!

  •   DiMaX
  •  2192
  •  08.11.2018 10:37

UZOQ KUTILGAN VIDEO: Nihoyat, Samsung qayishqoq ekranli buklama smartfonini namoyish etdi!

Janubiy koreyalik texnogigant kecha – 2018 yilning 7 noyabrida Samsung Developer Conference tadbirini o‘tkazdi. Aslida bu – dasturchilarga mo‘ljallangan va asosan dasturiy ta’minot mahsulotlariga bag‘ishlangan anjuman, ammo bu gal uning asosiy voqeasi buklanuvchi smartfonning namoyishi bo‘ldi.

O‘QING: Samsung buklama smartfonini antiqa surat bilan reklama qilyapti

Shunisi ham borki, Samsung bu gadjetining to‘laqonli taqdimotini o‘tkazmadi. U ko‘rsatgan qurilmani hali haqiqiy smartfon deb ham bo‘lmaydi, balki prototipi desak to‘g‘riroq bo‘ladi. Garchi shu paytgacha turli mish-mishlarda Galaxy F yoki Galaxy X deb atalib kelayotgan esa-da, ishlab chiqaruvchining o‘zi uning hatto nomini ham aytmadi.

Mana, avvaliga tadbirdan tayyorlangan videoni tomosha qilamiz:

Yana bir qiziq jihati shundaki, Samsung’ga bu qurilmani tayyorlashda... Google ko‘maklashmoqda! To‘g‘ri, u apparat qismiga aralashmaydi, ammo operatsion tizim interfeysini buklama ekran imkoniyatlariga moslashtirish ustida ishlamoqda.

Xullasi kalom, Samsung’ning ushbu taxlama smartfoni keyingi yil to‘laqonli taqdim etiladi. O‘zi shundog‘am u birinchi bo‘la olmadi – allaqachon  uloqni taniqli bo‘lmagan bir xitoylik kompaniya ilib ketgan.

O‘QING: Ilk buklama 5G-smartfon – FlexPai bugundan sotuvga chiqdi, lekin bu Samsung ham, Huawei ham emas! (+«jonli» videolar)

Kutilganidek, Samsung taxlama smartfonining eng qiziq qismi – buklanuvchi displeyi bo‘ldi. Ishlab chiqaruvchining o‘zi uni Infinity Flex deb atamoqda. Ushbu ekran ustida Samsung uzoq va puxta ishlagan. Masalan, buklama ekran ustiga maxsus polimerli yangicha himoya qoplami ishlab chiqilgan – u bir vaqtning o‘zida ham qayishqoq, ham mustahkam. Hatto displeyni yopishtiruvchi yelimi ham yangicha. Ekranning o‘zi esa nafaqat egiluvchan va mustahkam, balki shu bilan birga yupqa ham.

Ammo smartfon prototipining o‘zi ancha qalin chiqqan, ehtimol, yakuniy versiyada u yupqaroq bo‘lar. Shuningdek, displey ham suyuq kristalli odatiy displeylardagi singari yorqin emas. Yoyiq holatda uning o‘lchami diagonaliga 7,3 dyuymga teng. Samsung vakillarining so‘zlariga ko‘ra, yangi devays ekraniga bir vaqtning o‘zida uchtagacha ishlayotgan ilovani chiqarish mumkin. Mazkur yangi imkoniyatni Multi-Active Window deb atashgan.

Smartfonning tashqi tomonida yana bitta qo‘shimcha ekran bor – u an’anaviy smartfonlarning oddiy ekranidek bo‘lib, odatiy funksiyalarga ega.

Samsung’ning turli rusumlardagi boshqa smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Terashop.uz’da Samsung smartfonlari narxlari (2018 yil 7 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!