Uzoq kutilgan Xiaomi Mi Mix 4 patent suratida: selfi-kameradan umidni uzavering!

  •   DiMaX
  •  2170
  •  19.02.2020 11:41

Uzoq kutilgan Xiaomi Mi Mix 4 patent suratida: selfi-kameradan umidni uzavering!

«Xitoycha Apple» uzoq kutilgan Mi Mix 4 smartfonini Mi Mix 2020 nomi ostida chiqarishi haqida yozgan edik. Slashleaks resursi esa uning patent hujjatlaridan olingan chizma-suratini e’lon qildi.

O‘QING: Xiaomi’ning eng kutilayotgan flagmanini ishlayotgan holida ilk bor «jonli» ko‘ramiz!

Samsung kompaniyasining Galaxy S20 Ultra flagmani orqa panelida ulkan blokda kamera modullari va fotochaqnog‘i joylashganini bilamiz. Patentdagi suratga ko‘ra, Xiaomi Mi Mix 2020 modelida ham shunga o‘xshash katta blok mavjud, lekin u faqat kamera uchungina ajratilgan emas.

Ko‘rib turganingizdek, to‘rtburchak blokning yuqori qismida kameraning ikkita datchigi hamda yorug‘lik-diodni fotochaqnoq joylashgan. Ularning ostida bo‘lsa kichkina qo‘shimcha ekran o‘rin olgan – unda sana, vaqt va bildirishnomalar aks etadi:

Yana bir jihati – Mi Mix 2020 (yoki Mi Mix 4) ekrani butkul romsiz bo‘lib, unda kemtik yoki tirqish ham ko‘zga tashlanmaydi. Chunki smartfonda old kameraning o‘zi yo‘q – selfi uchun ham asosiy kamera qo‘llanadi; foydalanuvchi suratga olayotganida o‘z tasvirini mitti displeyda ko‘rib turadi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Xiaomi mazkur innovatsion flagmanini joriy yilning avgustida taqdim etmoqchi.

O‘QING: Hali taqdim etilmagan Xiaomi Mi Mix 4 allaqachon sotuvga chiqdi – narxlari insof doirasida!