Uzoq muddat xizmat qiluvchi, uchta kamerali, arzon Oppo A16 smartfoni taqdim qilindi

Uzoq muddat xizmat qiluvchi, uchta kamerali, arzon Oppo A16 smartfoni taqdim qilindi

Oppo kompaniyasi yangi Oppo A16 smartfonini rasman namoyish qildi, deya xabar bermoqda iXBT nashri.

O‘QING: Xitoy zondi Marsga qo‘ngani sharafiga Oppo yangi smartfon chiqardi (+video)

Smartfon 6,5 ​​dyuymli IPS LCD HD+ 1600x720 displeyga ega. Displey paneli standart 60Hz yangilanish chastotasini taqdim etadi va NTSC ranglar gamutining 71% ini qamrab oladi.

Smartfon sakkiz yadroli MediaTek Helio G35 tizimi bilan jihozlangan. Qurilma 3 GB tezkor va 32 GB ichki doimiy xotiraga ega. Dasturiy ta’minotga kelsak, smartfon Android 11 asosida ColorOS 11.1 ishlaydi.

Quvvat tugmasi ostidan barmoq izi skaneri o‘rin olgan. Kameralar o‘lchamlari 13, 2 va 2 megapikselga teng. Old kamera 8 megapiksel.

Oppo A16 ikkita SIM kartani qo‘llab-quvvatlaydi, 4G VoLTE, Wi-Fi, Bluetooth 5.0, GPS, 3,5 mm audio jek va USB-C portga ega. Smartfon 10 vattda quvvatlanuvchi 5,000 mAs akkumulyator bilan jihozlangan. Oppo A16'ning o‘lchamlari — 163,8 x 75,6 x 8,4 mm, og‘irligi taxminan 190 gramm.

Yangi qurilmaning narxi 138 dollarni tashkil etadi, smartfon Pearl Blue, Space Silver va Crystal Black ranglarida mavjud.

O‘QING: Dunyodagi eng zo‘r flagmanlar reytingida ilk bor Realme g‘olib! (Antutu, 2021 yil may)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!