UZTELECOM chegaralarni Kanadadan Afrikagacha, Bagam orollaridan Shri-Lankagacha kengaytirdi!

  •   DiMaX
  •  647
  •  05.03.2021 10:41

UZTELECOM chegaralarni Kanadadan Afrikagacha, Bagam orollaridan Shri-Lankagacha kengaytirdi!

«O‘zbektelekom» aksionerlik jamiyati yaqinda o‘zining Uzmobile uyali aloqa operatori abonentlari uchun ikkita xushxabar chiqargan edi. Endi esa u xalqaro rouming chegaralari kengaytirilganini e’lon qildi.

O‘QING: Bu operator xizmatlariga endi ID-karta yordamida ham ulana olasiz!

UZTELECOM rasmiy saytidagi xabarga ko‘ra, 2021 yil 1 martdan boshlab GSM standartidagi mobil aloqa abonentlari uchun xalqaro avtomatik rouming xizmatlari geografiyasi yanada kengaygan. Endi ular uchun Freedom Mobile (Kanada), Moov Africa Togo SA (Togo), Be Aliv Limited (Bagam orollari) va Mobitel Pvt ltd. (Shri-Lanka) operatorlari tarmoqlarida xalqaro avtomatik rouming xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.

«O‘zbektelekom» xalqaro rouming xizmatlarini taqdim etadigan mamlakatlar ro‘yxati, rouming xizmati tariflari va ulanish tartibi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

O‘QING: «O‘zbektelekom»dan ikkita xushxabar: eng foydali mobil tarifga ulanish va Wi-Fi router bepul!

UZTELECOM, shuningdek, xalqaro rouming xizmatlari narxlari 2020 yil oktyabr oyida pasaytirilganini ham eslatib o‘tgan. Bu borada batafsil ma’lumotni mazkur havola orqali olish mumkin.

Darvoqe, xorijga chiqishga «taqiq» bor-yo‘qligini Telegram-bot orqali tekshirish usulini mana bu xabarimizda ko‘rsatib o‘tganmiz.

O‘QING: Sayyohlar uchun muhim interfaol xarita: qayerlarga borish yoki qayerlardan kelishda viza kerak?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!