Va nihoyat global Redmi Note 11 Pro smartfoni taqdim etildi

Va nihoyat global Redmi Note 11 Pro smartfoni taqdim etildi

Xiaomi kecha Redmi Note 11 Pro'ning global versiyasini taqdim etdi. Ushbu smartfon ikki xil: 4G va 5G talqinda sotuvga chiqariladi. Ikki qurilmaning texnik jihatlari deyarli bir xil, faqatgina ularga turli xil chiplar o‘rnatilgan. 

O‘QING: Xiaomi 12'ning global versiyasi GeekBench'da testdan o‘tdi 

Redmi Note 11 Pro 5G modeli Snapdragon 695 chipi bilan jihozlangan bo‘lib, u 6/8GB LPDDR4X tezkor xotira, 64/128GB UFS 2.2 doimiy xotira bilan birgalikda ishlaydi. 

Qurilma gibrid SIM-karta uyasiga ega, yani ikkinchi SIM-karta o‘rniga microSD kartasi joylash mumkin. 

Redmi Note 11 Pro 4G modeli Helio G96 chipi bilan jihozlangan. Ushbu chip 12 nanometrlik jarayon asosida yaratilgan bo‘lib, u Mali-G57 MC2 grafik protsessori bilan birgalikda ishlaydi. Ikkаla model ham Android 12 operatsion tizimiga asoslangan MIUI 12 grafik qobig‘ida ishlaydi. 

Shuningdek, ikki smartfonga 1080p+ rezolyutsiyadagi 120Hz ekran yangilanish hamda 360Hz sensorli namuna olish chastotasini qo‘llab-quvvatlovchi 6.67 dyuymli AMOLED displeyi o‘rnatilgan. Displeyning maksimal yorqinligi 1200 nitni tashkil qiladi. Old panel Gorilla Glass 5 shishasi bilan jihozlangan. IP53 standarti esa smartfonlarni suv sachrashi hamda changdan himoya qiladi. 

Smartfonlarga asosiy kamera sifatida 1/1.52 dyuymli hamda 0.7µm piksel kattaligidagi 108MP ISOCELL HM2 sensori o‘rnatilgan. Ushbu sensor 3x zumni qo‘llab-quvvatlaydi. Ikkala modelda ham optik zumga ega bo‘lgan telefoto kamera mavjud emas.

Qurilmalarga, shuningdek, 8MP ultrakeng va 2MP makro kameralar ham o‘rnatilgan. 4G modelda esa 2MP sath kamera ham mavjud.  

Selfi kameraning rezolyutsiyasi 16 megapikselni tashkil qiladi. Barmoq izi skaneri qurilamaning yon tomonidan o‘rin olgan. Qurilmalarda 3.5 mm audio jek hamda stereo dinamik mavjud. 

Ikkala model 67 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. 50% quvvat to‘plash uchun smartfonlar 15 daqiqa vaqt sarflaydi. Quvvatlash adapteri smartfon qutisidan o‘rin olgan. 

Qurilmada NFC, infraqizil port, Wi-Fi 5 va Bluetooth 5.1 mavjud. 

Smartfonlarning narxlari quyidagicha: 

Redmi Note 11 Pro 4G (6/64GB) - 299 dollar

Redmi Note 11 Pro 4G (6/128GB) - 329 dollar

Redmi Note 11 Pro 4G (8/128GB) - 349 dollar

Redmi Note 11 Pro 5G (6/64GB) - 329 dollar

Redmi Note 11 Pro 5G (6/128GB) - 349 dollar

Redmi Note 11 Pro 5G (8/128GB) - 379 dollar 

Ikkala model fevral oyidan sotuvga chiqadi. 

Agar yangi modellarni o‘tgan yilgi modellar bilan taqqoslak, Redmi Note 10 Pro smartfoni Snapdragon 732G chipi, 6.7 dyuymli 120Hz AMOLED displeyi, 33 vattda quvvat oluvchi 5020 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. 

Redmi Note 10 5G esa 6.5 dyuymli 90Hz LCD displeyi va 18 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega. 

O‘QING: Samsung Galaxy S22 seriyasi qaysi sanada taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi