Va nihoyat! Samsung'larga Android 10 kelyapti!

Va nihoyat! Samsung'larga Android 10 kelyapti!

Joriy hafta boshida Samsung kompaniyasi Galaxy S10 lineykasi uchun Android 10 asosidagi One UI 2.0 beta dasturi haqida ilk xabarlarni tarqatgan edi. Endi esa kompaniya va nihoyat Janubiy Koreyadagi foydalanuvchilar uchun ushbu dasturga registratsiya jarayonini ochiq deb e’lon qildi.Ayni damda, dasturda 1 000 o‘rin mavjud, lekin 14 oktyabrdan boshlab yana qo‘shimcha o‘rinlar beriladi.

Agar Janubiy Koreyada yashasangiz va Galaxy S10, S10+ yoki S10e'ingiz bo‘lsa, Samsung Members ilovasi orqali dasturga qo‘shilishingiz mumkin. Ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng, qurilmangizga Android 10 asosidagi One UI 2.0'li tizim yangilanishi keladi.Beta dasturi boshqa mamlakatlardagi mijozlarga qachon taqdim qilinishi haqida Samsung hozircha biror narsa aytmadi, lekin beta proshivka uchun registratsiyadan o‘tish dushanbadan AQSh va Germaniyadagilarga ham taklif qilinishi kutilmoqda.

O‘QING: S10'lar uchun Android 10'ning beta relizi haqida batafsil ma’lumot berildi, lekin proshivkaning kelishi kechikmoqda