Va nihoyat, Xiaomi Mi 11’ni ilk «jonli» rasmlarda ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1901
  •  03.12.2020 15:20

Va nihoyat, Xiaomi Mi 11’ni ilk «jonli» rasmlarda ko‘ramiz!

Qualcomm kompaniyasi kutilayotganidek Snapdragon 875 emas, balki Snapdragon 888 5G deb nomlangan flagman chipsetini kuni kecha taqdim etdi. Chipsoz uning bazasida qaysi kompaniyalar smartfon ishlab chiqarishini aytgan, ulardan qay biri dastlabkisi bo‘lishini esa Xiaomi bosh direktori Ley Szyun (Lei Jun) aytgan. Shuningdek...

O‘QING: Snapdragon 888 chipli ilk smartfon Xiaomi Mi 11 emas, balki... Xiaomi Mi 20 bo‘lishi mumkin!

Aftidan, «Xitoycha Apple» o‘zining navbatdagi flagmanini nomlashda sanoqni buzmaslikka qaror qilgan. Bu qurilmaning Xiaomi Mi 20 emas, balki Xiaomi Mi 11 deb nomlanishini isbotlovchi «jonli» rasmlar tarqaldi.

Ulardan birinchisi – yangi flagmanning reklama tasviri aks etgan monitordan olingan surat:

Ko‘rib turibmizki, kompaniya bu smartfonning kamerasini butkul o‘zgacha dizaynda ishlagan va uni Xiaomi Mi 11 nomi ostida chiqarmoqchi.

O‘QING: Xiaomi Mi 11 Pro haqida navbatdagi ma’lumot oshkor bo‘ldi

Ikkinchi fotosuratda ham yuqoridagi ma’lumotning tasdig‘ini ko‘ramiz – bu gal smartfonning o‘zi «jonli» ko‘rsatilgan! Xiaomi Mi 11 bosh kamerasi modullari kvadrat blokka joylangan va ulardan ikkita asosiy sensori birlashtirilgan. Shuningdek, fotochaqnoq asosi kamera datchigini o‘rab turuvchi halqacha shaklida ishlangani ham e’tiborga loyiq.

Flagman korpusining yuqori qirrasida esa mikrofon tirqishi hamda infraqizil port ko‘zga tashlanadi.

Mish-mishlarga qaraganda, Xiaomi Mi 11 Pro modelining kamera dizayni bunga umuman o‘xshamaydi – unda datchiklar tikkasiga bir qator qilib terilgan. Ice Universe nikli insayderga ko‘ra, Xiaomi ushbu flagmanlarini mana shu dekabrning o‘zidayoq namoyish qilmoqchi.

O‘QING: Ekrani yoqiq holdagi Xiaomi Mi 11 Pro’ni ilk bor «jonli» ko‘ramiz!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!