Vanihoyat PlayStation VR2 dizayni yakunlandi

Vanihoyat PlayStation VR2 dizayni yakunlandi

O‘tgan yili fevral oyida taqdim qilinganidan keyin, Sony vanihoyat PlayStation VR2 qurilmasining dizaynini yakunlaganini ma’lum qildi. Kompaniya katta vitse-prezidentining aytishicha, yangi avlod VR qurilmasi dizayni PlayStation 5'dan ilhomlanib oq-qora rangda yaratilgan. 

Qurilma bosh kiyimi uning kontrollerlari bilan o‘xshash sferik shaklda va bu foydalanuvchilarning virtual olamda 360 graduslik ko‘rinishni his qilishlarida yordam beradi. PS VR2 avvalgisiga nisbatan ingichkaroq, yupqaroq va yengilroq qilingan. Shu bilan birgalik ventilatsiya tizimi ham ekran parlanib ketmasligi uchun yaxshilangan. 

Shuningdek, qurilmaga yangi, linzalarni sozlash xususiyati qo‘shilgan bo‘lib, bu ko‘zlar orasidagi linza masofasini moslashtirish uchun imkoniyat yaratadi.

Ta’kidlanishicha, yangi avlod VR qurilmasi 4K HDR'ni qo‘llab-quvvatlaydigan OLED displey, ko‘zni kuzatish, PS 5 bilan birgina USB-C kabeli bilan ulanish xususiyatiga ham ega bo‘ladi. Qurilma uchun allaqachon maxsus Horizon Call of the Mountain nomli o‘yin tayyorlanmoqda va u "o‘yinchilarga Horizon dunyosiga chuqurroq kirib borish uchun eshiklarini ochadi". 

PlayStation VR2 qachon chiqarilishini va qancha narxda bo‘lishi hozircha noma’lum. 

O‘QING: Ikkita kameraga ega bo‘lgan Meta smart-soatlarining renderlari e’lon qilindi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.