Vannadagi qiz iPhone tufayli halok bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  7483
  •  17.12.2020 14:03

Vannadagi qiz iPhone tufayli halok bo‘ldi

Smartfondan foydalanishdagi ehtiyotsizlik oqibatida kishilar jarohat olishi va hatto nobud bo‘lishi hollari uchrab turadi. Shunday baxtsiz hodisalardan biri yaqinda Rossiyaning Arxangelsk shahrida yuz berdi.

O‘QING: Yosh yigit smartfonni quvvatlayotib krovatda halok bo‘ldi

Olesya Semyonova ismli 24 yashar qiz vannada cho‘milayotib, smartfoni ham qo‘lida bo‘lgan. Bunisi ham mayli-ku, ayfonini u biryo‘la zaryadlayotgan ham ekan. Gadjetning sirpanib vannaga tushib ketishi tufayli qizni tok urgan.

Bundan birinchi bo‘lib xonadoshi Darya xabar topgan. U kelib, vannada Olesyaning hayot alomatlarisiz – harakat qilmasdan, nafas olmasdan yotganini, rangi oqarib ketganini ko‘rgan. Unga teginganida Daryaning o‘zini ham tok urgan.

Darya xabar bergach yetib kelgan tibbiyot xodimlari ekspertiza o‘tkazib, Olesya chindan ham tok urishi oqibatida hayotdan ko‘z yumganini tasdiqlashgan. Shu munosabat bilan Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligi elektrik uskunalarni har qanday holatda ham suv yonida ishlatmaslik lozimligini yana bir bor eslatgan. Bu qoida smartfonlarga ham, oddiy tugmachali telefonlarga ham birdek tegishli.

O‘QING: Chirchiqda vagon ustida selfi qilmoqchi bo‘lgan yigitni 27 ming voltlik tok urdi (video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.