«Vau, ishlab ketdi!»: Ilon Mask kosmos orqali ilk tvitni jo‘natdi

  •   DiMaX
  •  2035
  •  23.10.2019 10:20

«Vau, ishlab ketdi!»: Ilon Mask kosmos orqali ilk tvitni jo‘natdi

Mashhur tadbirkor, Tesla hamda SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Mask fazoviy sayyohlik va Marsni egallashni rejalashtirgan. Nafaqat bular, balki u butun Yer yuzini tekin internet bilan ta’minlashni ham niyat qilgan.

O‘QING: Otabek Umarov haydaydigan "Tesla" qanday avtomobil?

Kecha – 22 oktyabr kuni Ilon Mask o‘zining Twitter-akkauntida tarixiy voqeani e’lon qildi. Ya’ni, o‘zining SpaceX kompaniyasi uchirgan, Yerga bepul internet ulashuvchi Starlink sun’iy yo‘ldoshlar tizimi orqali birinchi bor internetdan foydalanib ko‘rdi.

Toshkent vaqti bilan soat 11:03 da u mana bu postini e’lon qilgan: «Ushbu tvitni Starlink sun’iy yo‘ldoshi yordamida kosmos orqali jo‘natyapman». Oradan ikki daqiqa o‘tib esa uning navbatdagi yozuvi paydo bo‘lgan: «Vau, ishlab ketdi!»

Ilon Maskka qarashli SpaceX kompaniyasi Starlink loyihasini 2015 yilning yanvarida e’lon qilingan. Mazkur loyiha Yer orbitasiga mingta sun’iy yo‘ldosh uchirib, ular vositasida sayyoramizni tezkor bepul internet bilan ta’minlashni ko‘zda tutadi. 2019 yilning may oyi so‘ngida, uchinchi urinishda Falcon 9 tashuvchi raketasi 60 ta sun’iy yo‘ldoshni fazoga olib chiqqan, biroq keyinchalik ulardan bir nechtasi yo‘qolgan.

O‘QING: «Bu senga Toshkent emas»: Rekordni rasman qayd etmoqchi bo‘lgan Tesla Model S poyga trassasida ishdan chiqdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!