Vazir: dunyoning 50 ta eng kuchli mamlakati qatoridan joy olishni ko‘zlaganmiz

Vazir: dunyoning 50 ta eng kuchli mamlakati qatoridan joy olishni ko‘zlaganmiz

– Prezident oldimizga aniq vazifa qo‘ygan — O‘zbekis­tonni innovatsion taraqqiyotga olib chiqish kerak. 2030 yilgacha Global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha dunyoning 50 ta eng kuchli mamlakati qatoridan joy olishni maqsad qilganmiz. Bu ilm-fanimiz uchun ham, davlat organlari, tadbirkorlar, qo‘­yingki, butun jamiyat uchun ham mutlaqo yangi platformaga o‘tishni anglatadi. Lekin undan avval nimani, qanday va qaysi muddatlarda qilishni bilib olish, puxta reja tuzish zarur. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqdik. Bu hujjat hozircha uch yilga mo‘ljallangan. Nega o‘ttiz yilga emas, degan savol ham tug‘ilishi mumkin. Uzoq muddatli strategik vazifalar qo‘yishga hali tayyor emasmiz. Chunki yuqorida aytganimdek, innovatsion ekotizimimiz yo‘q. Aniqrog‘i, uning ba’zi halqalari mavjud, ammo tarqoq holda. Ba’zilarini esa, yangidan yaratib, zanjirga bosqichma-bosqich ulashga to‘g‘ri keladi. Bu ishlarni 2021 yilgacha bajarishni ko‘zlaganmiz,– deydi Innovatsion rivojlanish vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov "Yoshlar ovozi" gazetasiga bergan intervyusida.

Shuningdek, Ibrohim Abdurahmonov 2021 yilgacha iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, davlat organlari va idoralar innovatsion «rels»ga tushib olishi kerakligini, buning uchun esa innovatsiya­larga yo‘l ochib beruvchi normativ-huquqiy bazani shakllantirib olishimiz zarurgini ta’kidlab o‘tgan.

O‘QING: Oʻ va Gʻ harflari, tutuq belgisi: muammolar va yechimlar

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!