Vaziyat jiddiy: TikTok endi ayrim videolarni qo‘yishni cheklaydi

  •   DiMaX
  •  542
  •  04.03.2021 11:38

Vaziyat jiddiy: TikTok endi ayrim videolarni qo‘yishni cheklaydi

Tobora ommalashib borayotgan TikTok ijtimoiy tarmog‘i o‘z joniga qasd qilish yoki o‘ziga zarar yetkazish bilan bog‘liq kontentni olib tashlaydi. Bu haqda kompaniya rasman bayonot bergan, deb yozadi Qalampir.uz.

O‘QING: 14 yoshli TikTok-bloger qiz nogiron opasini o‘ldirib qo‘ydi

«Biz o‘z joniga qasd qilishga yoki o‘ziga zarar yetkazishga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarni tasvirlovchi, targ‘ib qiluvchi kontent joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Jamiyat ko‘rsatmalariga zid bo‘lgan kontentni olib tashlaymiz va foydalanuvchilarning xavfli chaqiriqlarda ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun tegishli hashtaglarni bloklaymiz», deyilgan kompaniya xabarida.

Xabarlarga ko‘ra, joriy yilning 24 fevral kuni TikTok ijtimoiy tarmog‘ida o‘spirinlarni o‘z joniga qasd qilishga chaqiruvchi videolar tarqalishni boshlagan.

Avvalroq ushbu tarmoqda bolalarni o‘zini o‘ldirishga undagan bloger fosh etilgan edi. 25 fevral kunining o‘zida esa TikTok’ka joylashtirilgan ommaviy o‘z joniga qasd qilishga chaqiruvchi video 432 ming martadan ortiq ko‘rilgan.

O‘QING: TikTokʼda eng ko‘p folloverga ega akkauntlar TOP 20 taligi bilan tanishing

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!