Vensmile K8 kompyuterini yig‘iladigan klavituraga joylashtirishdi

Vensmile K8 kompyuterini yig‘iladigan klavituraga joylashtirishdi

Hozirda an’anaviy keysda ishlab chiqariladigan kompyuterlar asta-sekin o‘z o‘rnini turli form-faktordagi korpuslarga bo‘shatib bermoqda. Kompyuter tayyorlaydigan kompaniyalar yanada ixcham va noan’anaviy shakldagi qurilmalar ishlab chiqarishga harakat qilishmoqda.  Masalan, Vensmile K8 kompyuteri ham mana shunday harakatlarning bir namunasi sifatida yaratilgan.

5P3Rtfga5nq7MXJxmUJAbLXwcMpFHy

Kompyuterning yuqori qismida tachpad (sensorli panel) o‘rnatilgan. Yon tomonida esa turli zaruriy portlar joylashtirilgan. Ammo eng qizig‘i bu emas. Ixcham to‘rtburchak kompyuter yig‘iladigan klaviaturaning bir qismiga o‘rnatilgan. Klaviaturada jami 87 tugma mavjud.

5P3RtjYmdar4GkB7MXpQjXJdJd850N

Vensmile K8 modeliga Intel Atom x5-Z8300 Cherry Trai protsessori o‘rnatilgan, 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotiraga ega. U ikki oqimli Wi-Fi 802.11b/g/n va Bluetooth 4.0 standartini qo‘llab-quvvatlaydi. Korpusda HDMI va VGA portlari,  USB 3.0 va USB 2.0, naushnik hamda microSD-karta slotlari ko‘zda tutilgan.

Yangi mini-kompyuter $200 narxida sotuvga chiqarilishi haqida xabar berilgan.