Vernee Apollo smartfoni – yana bir xitoylik flagmanlar kushandasi

Vernee Apollo smartfoni – yana bir xitoylik flagmanlar kushandasi

Xitoylik Vernee kompaniyasi o‘tgan haftada Apollo nomli flagmanini namoyish qildi. Apollo 6 Gb tezkor xotiraga ega.

Smartfonning boshqa bir o‘ziga xosligi unda MediaTek’ning so‘nggi Helio X20 (MT6797) protsessoridir. MediaTek’ning aytishicha, Helio X20 protsessori jahondagi uch birlashmali arxitektura asosida qurilgan ilk protsessor ekan. Ya’ni, bosh protsessor uchta kichk protsessorlar jamlanmasidan iborat. Shu sababli u tezkor ishlash qobiliyatiga ega.

Android Authority internet manbaasining qayd etishicha, Vernee Apollo gadjeti 5.5 dyuymli QHD displeyiga ega bo‘lib, Force Touch – chertish darajasiga qarab ishlash funksiyasi bilan ta’minlangan. Smartfon Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimida ishlaydi.

Shuningdek, Vernee Apollo 128 Gb ichki xotira, Sony IMX230’ning sensorli 21 MP bosh kamerasi, 8 MP old kamera bilan ta’minlangan. Gadjetning to‘liq metalli korpusida USB Type-C porti mavjud.