Vertu dunyodagi ilk Web 3 smartfon chiqardi

Vertu dunyodagi ilk Web 3 smartfon chiqardi

Britaniyalik hashamatli mobil telefonlar ishlab chiqaruvchi Vertu brendi o'zining MetaVertu deb nomlanadigan Web 3 smartfonini taqdim qildi. O'z nomi bilan qurilma uchinchi avlod "o'rgimchak to'ri"ga asoslangan bo'lib, u ichki o'rnatilgan Value kripto-hamyoniga ega. Qizig'i shundaki, smartfonda VoS bilan Ethereum kriptovalyutasini mayning qilish mumkin. Shuningdek, VShot funksiyasi smartfonda olingan istalgan suratni to'g'ridan-to'g'ri NFT'ga aylantirsa bo'ladi. Yana bir e'tiborli funksiyalarning biri, Vtalk esa smartfon egalariga qo'ng'iroq vaqtida ham suhbatni shifrlash imkonini beradi.

Texnik xususiyatlarga keladigan bo'lsak, 161.9x73.2x9.85 o'lchamdagi Metavertu smartfoni 6.67 dyuymli, 144 gerts yangilanish tezligiga ega, AMOLED Waterfall, FHD+ (1080x2400), yon tomonlari egilgan dipsley bilan ta'minlangan va u 1000 nit gacha yorug'lasha oladi.

Optika borasida qurilma 16 megapikselli old va uchlik orqa: asosiysi optik tasvir stabilizatoriga bilan 64MP (Sony IMX 787), ikkinchisi 50MP va uchinchisi ham OIS bilan 8MP periskop kameralarga ega.

Kapot ostida qurilma 4 nanometrli Snapdragon 8 Gen 1 (5G) va xavfsizlik uchun qo'shimcha A5 chipida 12/18 GB operativ (LPDDR5) va 512 GB/1 TB doimiy (UFS 3.1) xotira bilan Android 12'da ishlaydi. Kompaniyaning ma'lum qilishicha, smartfon 9 qavatli issiqlikni tarqatuvchi tizimga ega. Uning bir kunga yetadigan 4600 mA/s sig'imli batareyasi USB Type-C (3.1 Gen 1) porti orqali 55 Vt tezlikda, 20 daqiqa ichida to'liq quvvatlanadi. Qolaversa smartfonni 15 Vt tezlikda simsiz zaryadlash ham mumkin.

MetaVertu seriyasida tashqi ko'rinish bilan farq qiladigan 10 xil modelni o'z ichiga oladi va ularning narxi eng kamida 3350 dollardan 41500 dollargachani tashkil qiladi. Aytish kerakki, eng qimmat model Himoloy timsohi terisidan bilan qoplangan va u 18K oltin, olmoslar bilan bezatilgan.

O'QING: Samsung Galaxy A04e taqdim etildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.